DO’K raisiga
…”MXX va muxolifat” degan xabarnu o’qidim. Savol tug’iladi: buni nega O’zbekiston fuqarolariga, muxolifat tarafdorlariga qo’llamoqdalar?
AQShda va boshqa Yevropa davlatlardagi muxolifat vakillari G’arb demokratiyasi tarafdorlaridir, ya’ni Rossiyadan uzoqlashish pozitsiyasidagi kishilardir.
O’zbekistondagi politsiyaviy rejimga qarshi bo’lgan kishilar Rossiyaning O’zbekistonga nisbatan olib borayotgan siyosatiga qarshi bo’lgan kishilardir. Shu sababli Rossiya maxsus xizmat organlari eng kuchli, defisit zaharlarni O’zbekiston maxsus xizmat organlariga arzonroq narxlarda sotgan va sotmoqda.
2005 yilda O’zbekistonning AQShdagi elchixonasi 10 dekabr kuni ziyofat bermoqchi bo’lgandi. O’shanda men sizga u yerga bormaslikni, chunki sizlarga qarshi eng defisit zaharlar ishlatishlari mumkinligini yozgandim.
O’tgan yil siz Iyul oyi oxirida Aydaxoga borib andijonliklar bilan uchrashmoqchi ekanligingizni saytda e’lon qilgandingiz. Men sizga bormaslikni masalahat qilib xat yozgandim. Xayriyat ham bormadingiz. Mana Aydaxo shtatidagi voqealar shuni ko’rsatib turibdi.
Hozir O’zbekistonda bir necha kuchlar paydo bo’ldi. Bular bir-birlariga qarshi provakasiya uchun ham har qanday ifloslikdan qaytmaydilar.
Umuman bu haqda o’zingiz yashaydigan joydagi kerakli idoralarni xabardor qilib qo’yishingizni maslahat bergan bo’lardim.
Hurmat bilan Fayzullo.
Filed under: 1.BOSH SAHIFA, Uzbek |
Leave a Reply