She’riyat

AKBARALI ORIPOV

Netay?

Dardlaring dardima oshnoga o’xshaydi

So’zlaring dilim-ga darmonga o’xshaydi

Qalbim esa seni bir topmoq istaydi

Manziling yiroqdir azizam netay?

Dunyo turgunicha turgin ilohim,

Farishtalar senga aylasin ta’zim,

Suhbat qursam sen ila devdim,

Manziling yirogdir azizam netay?

 

Hayot achchiq qismatni berdi,

Ajdarho millatim boshiga yetdi,

Shu alpoz umr ham zavolga yetdi,

Manziling yiroqdir azizam netay?

 

Nazmdan be-bahra bir suqir erdim,

Qamardek ul seni jamoling kurdim,

Nahot men endi odimlab ketdim,

Manziling yirogdir azizam netay?

 

Umrida rushnolik kurmagan jununman,

Balki bir pulga ham qimmatman,

Vatandan badarg’a bir millatman,

Manziling yiroqdir azizam netay?

 

Qovushmasdir bu millatning sira boshi,

Minnatlidir birovlarning bergan oshi,

Dargalarning yengil kelar vazn toshi,

Manziling yirogdir azizam netay?

 

Bo’lsa edi intizorim senday nigor,

Kurashardim holatimdan qilmayin or,

“Og’a” suzing vujudimda takror-takror,

Manziling yirogdir azizam netay?

Leave a comment