VOA-Uzbek

Karimovga lobbichilik

Jaloliddin, Toshkent.

“Amerika ovozi” radiosining muxbiri Navbahor Imomova AQSh Davlat kotibi o’rinbosari Nikolas Byorns (Nicholas Burns) bilan o’tkazilgan suhbatda (16-01-2007) bergan savollarini eshitib kishining ko’ngli ayniydi. Men suhbatni eshitib, muxbir degani haqiqiy vaziyatdan xabardor bo’lishi kerak emasmi, deb o’ylab qoldim. Lekin uning savoli o’zidan chiqmaganiga ham ishondim.

Ammo, deya so’raymiz, Nikolas Byornsdan, AQSh nega munosabatlarning iliqlashishi va O’zbekiston bilan til topishish uchun dadil harakat qilmayapti? “(“Amerika ovozi”)

Baraka topgur shunday savolingni mard bo’lsang Toshkentdagi akaxonlaringa ber! Har kun ulardan interviyu olib turibsanku!

Qolaversa, O’zbekistonda bir emas, ikki hamkoring yallo qilib yuribdi.

Nega endi Amerika Karimovning oyog’iga yotshi kerak?

Menimcha gap boshqa tomonda. AQSh Davlat kotibi o’rinbosari Nikolas Byorns O’zbekistonning AQShdagi elchisi bilan gaplashib, unga agar siz adolatli saylov o’tkazmasangiz, aloqalarimiz yaxshi bo’lmaydi, deganidan keyin oradan ikki kun o’tib, Navbahor Imomova unga ana shunday savol bilan yoprilishi kishini taajjubga soladi. Unga ko’ra AQSH rasmiylari elchiga yalinib yolvorishi va saylovlar, adolatsizliklar, qonunsizliklar haqida unutib, qotillar bilan munosabatlarni iliqlashtirishi, ular bilan til topishishi kerak ekan-da!

Kimning kimligi mana shunday zarralarda aks etaveradi.

2 Responses

  1. Shu interviyu radioda berilgan kuni Kuylik bozoriga chiqsam Bosh vaizr Sh.Mirziyoev kelgan ekan. Uning yonida podpolkovnik Imomov yurgandi. U Navbahorni akasi. Kuylikda mentlarni koziri. Bhaoadir Charievni ana shu odam ughirlab ketib urib urib tashlab ketgandi.

  2. Elektron pochtdan kelgan munosabat
    Ruznomada e”lon qilingan “Karimovga lobbichilik” maqolasida keltirilgan fikrlarga men ham qushilaman.”Amerika ovozi”radiosi uzbek xizmati eshittirishlari bor yugi yarim soat

    efirga beriladi,xolos.Ushbu efir vaqtida Uzbekistonga oid eshittirishlar 5-6 minut,nari borsa

    10 minutni tashkil etadi,qolgan vaqtlar esa chet el xabarlaridan iborat bulib qolmoqda.

    Guyoki bugungi kunda Uzbekistonda eshittirish uchun mavzu qolmagandek,xorij xabarlarini uzbek matbuoti kechyu-kunduz sizdanda yaxshiroq yoritib bormoqda.Jamoangizda besh-olti kishi,Toshkentdagi ikki hamkoringiz bilan etti-sakkiz kishi 30 minytlik

    efir uchun nahotki Uzbekistonga oid mavzu topolmasalaringiz yoki bu erda hammasi risoladagidekmi? Biz “Amerika ovozi” radiosi uzbek xizmatidan Uzbekistondagi haqiqiy

    siyosiy-ijtimoiy,dolzarb bulgan mavzulardagi eshittirishlarni kutib qolamiz.
    ERKIN.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: