Nuqtai nazar

Andijon bozorlarida  “qonun ustivorligi”

    I.A.Karimov “bunyod etgan” “huquqiy demokratik davlat “ atributlaridan biri Andijon viloyatining yangi hokimi A.T.Usmonov gardaniga O’zbekiston respublikasi Konstitusiasi 101-moddasi bilan  yuklatilgan vazifalarini bajarishni Andijon bozorlarida  tartib o’rnatish bilan boshladi.

    Andijon shahrida joylashgan ikki asosiy dehqon bozorlari, yani “Yangibozor” hamda “Eski shahar” dehqon bozorlari atrofidagi va ichkarisidagi do’konlar buzib tashlanmoqda. Un mahsulotlari bilan savdo qiluvchi do’konlar yopildi. Ko’plab un mahsulotlari musodara qilindi. Uyida o’stirgan ko’kat va mevalarini sotish uchun olib kelgan insonlar doyimiy bozor ma’muriyati tomonidan zug’um ostida.

    Hokimiyat nimaga erishmoqchi?

   Hokimiyatning asosiy maqsadi bozorlarni kompakt, nazorat qilish, pul yigimlari va soliqlarni yig’ish oson bo’ladigan holatga keltirish. Uning sanitariya qoydalariga doir da’volariga qo’shilish qiyin. Misol uchun,hokimiyat  bozorlarda communal  hizmatlar ko’rsatishni yahshilash(suv bilan ta’minlash,ahlatlarni o’z vaqtida tashib chiqarish ) masalalari bilan qiziqmaydi.

Aholi ucun ish joylari yoq hisobi. Rossiyadan qaytgan odamlarning ko’plari yana Rossiyaga ketguniga qadar tirikchilik yolida bozorda.

Men hokimiyat harakatlarini mavjud qonunlar nuqtai nazaridan qoralay olmayman,lekin O’zbekistonga tegishli doyimiy ko’rinish,ya’ni muammalarning asosiy o’zagi qo’l tegmay qolish hamma qatori mening ham g’ashimni keltiradi.

    Davlatning keng targ’ibot qilishiga qaramasdan, O’zbekistonda tadbirkorlar yahshi ahvolda emaslar. Davlat sharoitlaridan kelib chiqqan holda soliqlar belgilansa,davlat idoralarining tadbirkorlar faoliyatiga aralashishiga rostdan ham  barham berilsa o’zbeklar o’zi va oilasi tinchligi ucun ham davlatning barcha qonunlarini bajarar edilar.

Tadbirkorlik sub’ekti sifatida shakillanish qiyin emas.

Hamma muammolar keyin boshlanadi.

1.Savdo qilib topgan pulingizni bir tiyin ham qo’ymay bankka topshirasiz.

a)Kerak paytida pulingizni naqd ololmaysiz.

b) Biror tashkilotga pul o’tkazsangiz,etib borish vaqtini birov

bilmaydi.

c) Banklar jamg’armangizni sir saqlamaydi.

d) Pul o’tkazish orqali sotib olgan tovaringiz sizga 10-15% qimmat tushadi.

2.Aholi ehtiyoji uchun zarur tovarlarni O’zbekistonga kiritish uchun imtiyozlar yaratilmagan.

Savdo bazalari sistemasi bo’gilgan. O’zbekistonga tovarlarning aksariyati  noqonuniy kirib keladi. Tovarni noqonuniy kiritishga yordam bergan davlat hodimlari eng past zveno sotuvchidan tovarning muvofiqlik sertifikatini (misol uchun Qozogiston uni) va chet el tovarlarini sotish uchun litsenziyani talab qilishadi.

3. Aholida naqd pul kam,to’g’rirog’i halq qashshoq,savdo doymo yahsh

bo’lmaydi.Soliq va yigimlar tinkangizni quritadi. Soliqlar baland.

4.Tadbirkorlarning bo’gzida doymo Davlatning bir qo’li,cho’ntagida ko’zi bo’ladi. Davlat bu qo’llarini shunday niqoblab, tushinarsiz ko’rinishga kirganki,odamlar bu qo’lni ko’rmaydilar. Halq ko’zi bilan ko’rmagan narsalarini baholay olmaydi. Tekshiruvlar 4 yilda bir o’tkazilishi lozimligiga qaramay,davlatning istalgan odami do’koningiz,firmangizni ag’dar-to’ntar qilish uchun yo’l topa oladi.

5.Poraho’rlik avjida. Katta-kichik rahbarlarning bayram va to’ylarini o’tkazish savdogarlar bo’ynida.

6. Kreditlar foizi baland. Garovlar majburiy.

 Davlatimiz hech qachon to’g’ri yo’ldan bormagan. Odamlar qonini ichish Davlatimiz va “Yurtboshi”mizning kasbi. Albatta halq boyisa haqqini talab qiladi,dunyoga intiladi.Dunyoda esa rahbarimizdan nafratlanganlar to’lib yotibdi.Tentiragan odamlarni boshqarish oson.  B.Napaleon mulozimlariga aytgan  “Qonunlarni tushinarsiz yaratinglar, uning mazmunini so’rab o’zimizga kelishsin.” gaplari bugun bizda amalda. Tentirasak o’smaymiz va kichkina ,nodon holatimizda davlat bizni qo’girchoq kilib o’ynashi oson.

Bahtiyiorjon.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: