1992 yil, 16 Yanvar…Talabalar shaharchasi…

Guvohning hikoyasi

Men o’shanda Toshkent Tehnika Universititini 3 kurs talabasi edim.

16 yanvar kuni nima ish bilandir markazga qarab ketdim. Talabalar shaharchasi tinch edi. Tahminan soat 17-00da Talabalar shaharchasiga qaytdim.

Talabalar shaharchasiga etib kelgach, katta ko’hada bir necha yuz sonli talabalar allaqachon yig’ilishgan va yig’ilmoqda ekan. Norozilik sababini bilgach , meb ham ko’pchilikka qushilib o’z noroziligimni bildira boshladim. Kech tushganda ham talabalar soni kamaymas edi. Shu vaqtda tusatdan bizlarga nisbatan hujum boshlanib qoldi.

Hama har tomonga qochib qoldi. Shaharcha butunlay o’rab olingan ekan. OMONchilar ham talabalarni izma iz quvib kelib, otganni otib, urganni urib, yotoqhonalarga bostirib kirishdilar hamma yoqni dod va faryodlar egallab oldi. Bir necha soat o’tgach hammayoq tinchiganday bo’ldi. Ertasi kuni ertalabdan shaharchadagi katta ko’chada bir necha ming kishilik norozilik namoyishi boshlandi.

Juda ko’p talabalar hukumatni kecha qilgan ishidan norozi bo;lishib hukumat va muholifat vakillari bilan uchrashishni talab qilishdi. Men hozir aniq eslolmayman, ba’zi bir muholif vakillari talabalar tomon bo’lishib ularni og’ir bo’lishga va tartibni saqlashga chairishdilar, ammo talabalarni ko’pchiligidan va orqa qatordagi talabalarni eshitmasliklari vaziyatni doim hafli qilib bordi.

Bu yig’ilishda talabalarni hurmatli odamlari Muhammad Solih va Abdurahim Pulatovlar umuman ko’rinishmadilar. Shunda biz president Karimov bilan uchrashishni talab qilib oldinga qarab yurmoqchi edik, ammo hamma yoq OMONchilar bilan o’ralgan edi. Talabalar yahshi bir yulboshchi bo’lmaganligi hamda hamma tomondan har hil gaplar va takliflar bo’layotganligi uchun butunlay arosatda qoldilar.

Vaqt esa o’tib borar, hukumat tomonidan namoyish tarqatilinishi talab qilinayotgan edi. Kech kirishi bilan, bizga nisbatan hujum boshlandi. Hamma o’z yotoqhonasi tomon qocha boshladilar. Afsuski bizlarni qattiq dupposlab, Sirg’ali tuman IIB bo’limiga olib borishdilar. Hammayog’imiz qonagan, kaltakdan ko’kargan joylarimiz qattiq og’rir edi. Meni qattiq ko’nglim aynib zo’rg’a o’zimni ushlabturardim.

Ozgina savol-javobdan keyin, hammamizni o’z yotoqhonalarimizga olib borib quyishdilar. Keyinchalik bilsak butun Toshkent militsiyasi oyoqqa turgan, ular talabalarni urib kaltaklab, darhol o’z tuman IIB bo’linmalari olib ma’lum muddatga saqlashgan ekanlar. Ertasi kini ertalabdan barcha talabalarni o’z uylariga samolyot va poezdlarga bepul majburlab o’tqazib yuborishdilar.

Hamma qatori men ham Qarshigacha bepul samolyotda uchib keldim. Meni ahvolim yomonlashgach kasalhonaga bordim va 25 kun davomida davolanishga majbur bo’ldim. Bizga keyinchalik ma’lum bo’lishicha 1va 2 kurs talabalarini Toshkentga butunlay quyishmay, viloyatlarda pala-partish uquv yurtlari ochilib har qaysi talaba o’z viloyatida o’qishini davom ettiradigan bo’ldi.

Men 3 kurs talaba bo’lganligim uchun ham o’qishni Toshkentda davom ettiradigan bo’ldim. Toshkentga qaytgach, darhol bizlarni o’zlarini tergovchi degan shahslar tergovini boshlab yuborishdilar. Bir necha kun tergovlarga qatnagach, tergovchi ham chaqirmay quydi. Biz o’qishni davom ettirdek.

Bahodir Choriyev.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: