TAHRIRSIZ MAKTUBLAR

“Luchshe malenkiy sam, chem bolshoy zam”

Assalomu Alaykum Jahongir aka, Avvalanbor Hayit Bayrami hamda Yangi Yil bilan chin qalbimdan qutlamoqchiman.

Barcha Vatandoshlarimizga Orzu Umidlarini amalga oshishini tilamoqchiman. Birlashish masalasiga kelsak, bu juda ham ajoyib fikr.

Ko’pchilik aqlli kishilar o’z fikrlarini bildirmoqdalar. Har biringizni mulohazalaringizgi hurmat qilgan holdan, maslaning ikki tomoniga Sizlarning e’tiborlaringizni qaratmoqchiman.

Birinchidan, birlashish g’oyasi targib etilayotgan bir paytda, mening fikrimcha eng asosiy savolga javob berilmayapti. Birlashish A. Po’lat, M. Solih va boshqa “Demokratik oppozitsiya liderlari”ga nima olib keladi? Yagona bir partiyami, yoki harakatmi bo’lib birlashilsa, hozirgi “lider”larning o’zlariga hamda ularning guruhlariga nima naf bo’ladi? Bir narsa aniqki, qanday birlashma bo’lishidan qat’iy nazar, uning yagona, eng yuqori rahbari bo’ladi. Ya’ni qaysidur hozirgi rahbar, rahbarligidan tushib qoladi. Bu hozirgi “rahbar”larga kerakmi?

Qolaversa, u birlashgan “frontda”ga kim rahbarlik qiladi? Undan ko’ra, dunyo hamjamiyati oldida, “Birlik”, “Erk”, “Birdamlik” va boshqalarning rahbari bo’lganligi yaxshi emasmi. Albatta, hozirda o’sha “lider”larining qo’llaridan ko’p narsa kelmaydi, lekin ulardan hech kin talab ham qilmaydi, hech qanday mas’uliyat ham yoq, onda sonda, AQSh davlat departamentimi, boshqa biron bir tashkilotmi ularni har hil konferentsiyalarga taklif etib turishadi. O’zbekistonda keng tarqalgan bir kalimada “luchshe malenkiy sam, chem bolshoy zam” deyilgandek, hozirda kimsan “Liderman” bo’lib turganda qay biri ikkinchi o’ringa rozilik beradi?

Menimcha, hozirgi “lider”lar “Halq manfaati”, “Ijtimoiy rivojlanish”, “Demokratik omillar” va shunga o’xshash iboralarni ko’p ishlatganlari bilan, aslida o’zlari ham o’zlarining so’zlariga ishonishmaydi. Shuning uchun, birlashish uchun birinchi navbatda, yo o’sha “lider”larni shaxsiy manfaatlarini qondirish kerak (asosan moliyaviy va boshqa taraflama), yoki boshqa tashkilotlar tuzib, ularni yanada rivojlantirish kerak.

Mana endi asta sekinlik bilan ikkinchi masalaga kelsak. AQShning o’zida, har hil manbaalarga ko’ra 200 minggacha o’zbek mehnat qilmoqda, Rossiyada esa 2-3 million. Qani, qaysi bir partiya yoki harakat uning safida hech bo’lmasa 1000 kishi borligi bilan maqtana oladi? Kim o’sha o’zbeklar orasida samarali tashviqot-targibot ishlarini olib boryapti? O’tgan oyda safingizga necha yuz kishi qo’shildi? Bo’lishi mumkin, kimdur nimanidur boshlagandur, lekin na “Birlik”, na “Erk” na boshqa birlashmalar saytlarida bu to’grisida ma’lumot bormi. Balkim men ko’rmagandurman.

Sizlar O’zbekistonga boraylik, u yerda mobilizatsiya qilaylik degan fikrlarni o’rtaga tashlamoqdasizlar. Shu bilan bir qatorda, Vatanga qaytib borish suiqasd bilan barobar demoqdasizlar. Ho’p, hozirda bora olmasangizlar, boshqa yurtlarda faoliyatingizni kuchaytiring. Boshqa yurtdagilarning aksariyat qismi bir kunmas bir kun uyga qaytib borishadiku. Ular orqali saflaringizni to’ldiring. Qani bu bo’yicha strategiya?

Lekin, bu maqsadni amalga oshirish uchun faqatgina Springfiled, Virginiyada o’tirib, “Money Order” so’rashdan boshqa, yana o’zbeklar to’plangan joylarga borib, ularga eng asosiysi, Sizning g’oyangiz ularning hayotida qanday pozitiv o’zgarishlar olib kelishi mumkinligini tushintirish kerak. Kerak bo’lsa, faqatgina 10-15 yil oldin amalga oshirgan “qahramonliklar”ingiz bilangina emas, balkim hozirda nima qilishingiz mumkinligi, ularga nima bera olishingiz bilan, g’oyangiz bilan ularning qalblarini zabt etish kerak. Albatta, agarda shunday g’oyangiz bo’lsa.

Balkim gapim notog’ridur, u holda meni to’g’ri yo’lga solib qo’yinglar.

Hurmat bilan,

Yosh Siyosatchi.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: