Yangi yilingiz saodatli yil bo’lsin!

Янги йил бесамар кетмасин. Миллатимиз учун, мамлакатимиз учун, оилангиз ва дўстларингиз учун ташвишлардан ҳориманг!

XXX

 

Hurmatli Jahongir aka !!! Sizni va oila a’zolaringizni iyd-qurbon bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Sizga hurmat bilan Akbarali Oripov.

XXX

Ассалому алайкум Жахонгир ака.

Аввалом бор сизни Муборак Курбон хайити ва кириб келаётган янги 2007 йил билан чин

юракдан муборакбод этаман. Мен танимаётган булишингиз мумкин. Мен сиз хакингизда куп эшитганман. Мен инсон хукуклари

химоя килиш “Эзгулик” жамияти аъзосиман.

Исмим Рустамжон. Сизга барча Узбекистонлик мухлисларингиз номидан оилангизга тинчлик-тотувлик, ишларингизда

ривож, омад хамиша ёр булиб колишини тилаб коламиз.

Хурмат билан Рустамжон ва мухлисларингиз.

XXX

Ассалому алайкум ва рахматуллоху ва баракатуху Азиз биродарим

Мен сизни ва барча оила азоларингизни кириб келаётган муборак ийди курбон байрами ва янги 2007 йил билан табриклайман.

Mен шу фурсатдан фойдаланиб Сизга ва барча оила азоларингизга Аллоху

таолодан мустахкам иймон этикод, соглик-саломатлик, узок ва мазмунли умур, омад ва

бахт-саодат тилайман.

Шу билан бирга Аллоху таолодан Сизларни рискирузингизга ва кундалик хаётингизга бакаротлар ва дунё ва охират ищларингизга мувофокиятлар тилайман.

Миллатимиз ва ватанимиз озодлиги йўлидаги курашларингизга Аллоҳ мададкор булсин.

Хурмат ва эхтиром ила ДУСТНАЗАР.

 

ХХХ

 

 

Assalom Aleykum Jahongir aka, olilangiz tinchmi charchamasdan yuribsizmi ?

Qurbon Hayiti bilan sizni va sizga yaqin insonlarni tabriklayman.

Yangi yilda sizga Ushalmagan Orzular royobga chiqishini hech kimga aytmagan niyatlariz amalga osishini tilab qolaman.

Ozbek halqi ravnaqi uchun qilayotgan barcha hizmatlaringizni Ajrini Olloh bersin.

Olloh Aziz qilgan insonlardan bolib yuring doim.

Hurmat bilan ukangiz Kamoliddin

 

ХХХ

 

Aziz safdoshlarim, vatandoshlarim, aka- ukalar, opa-singillar!

Kelayotgan ulug’ ayom kunlarda, Qurbon hayit va Yangi Yil arafasida xammalaringizga baht- saodat , uzoq umr va sihat- salomatni Parvardigorimizdan tilab, yaqin orada Vatanda diydor ko’rishaylik deb umidda

 

Muhammad-Bobur Malikov.

 

 

 

ХХХ

Азиз ватандошлар, ҳижратдаги милатсеварлар, оила ташвиши билан юрган дўстлар, дунёга чиққан толиби илмлар, опалар, сингиллар, сафдошлар, саодатга ташна диллар ҳаммангизни муборак Қурбон Ҳайити ва Янги йил байрами билан чин дилимдан ҳамда оилам номидан қутлайман.

Орзу инсоннинг руҳий чинори. Чинорингиз Баҳорга, абадиятга қовушсин. Қурбон ҳайитида қилган ниятларингиз ва амалларингизни Тангри қабул айласин.

Янги йил бесамар кетмасин. Миллатимиз учун, мамлакатимиз учун, оилангиз ва дўстларингиз учун ташвишлардан ҳориманг!

Юборган табрикларингиз учун раҳмат. Истакларингиз ижобатга етиб, биздан ҳам айни тилакларни қабул этинг. Доим юзимиз ёруғ, дилимиз соф, ниятларимиз пок, орзуларимиз ўлмас бўлсин!

Сизга эҳтиром билан ЖАҲОНГИР МУҲАММАД.

 

XXX

 

Assalomu alaykum aziz dindoshlar, vatandoshlar!

Sizlarni Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklayman, yaqinlashib kelayotgan yangi yil barchalaringizga omad keltirsin.

Ayniqsa vatan sog’inchi bilan musofirchilikda yashayotgan vatandoshlarni uzlarini va oilalarini Yaratgan egam xar-xil balo qazolardan asrasin, musofir yurtlarda xor qilmasin. Barchalaringizni qushaloq bayram bilan tabriklayman.

Hurmat bilan Akrom Makhmedov.

 

ХХХ

Assalomu alaykum aziz do’stim va dindoshim!
Bu kunlar har kungidan ham go’zal, har doimgidan-da faraxli kunlar!
Chunki bu kunlar bizning bayramimiz. Musulmonlar hayit kunida dunyodagi eng baxtiyor insonlardir.
Birodarim, sizni ham ushbu ulug’ kun, hayit ayyomi bilan chin qalbdan
tabriklayman.Ayni paytda, undan oldin va keyin qilgan ibodatlaringizni Allohim o’z dargohida qabul qilsin!
Yuzingizdan bayram kunidagidek tabassum hech qachon arimasin!
Qurbon hayitingiz muborak bo’lsin!
Haj ibodatiini qilmagan bo’lsangiz, kelajak yillarda bu ulug’ ibodatni
bajarish sizga ham nasib bo’lsin Omiin
Sizga hurmat va salomu-duolar bilan Aliboy Yo’lyaxshiev.
XXX
Assalomu-alaykum!
Biz uchun aziz bo’lgan Vatandoshlar!
Barchangizni ulug’ bayramimiz bo’lgan QRBON HAYIT bilan Jizzaxlik
huquq himoyachilari va jurnalistlar nomidan qutlaymiz!!!
Allohdan, barchangizni ezgu tilaklaringiz amalga oshishini tilaymiz!
2007 yil boshidan, butun muxolifat birlashib Turkiston zaminida ham
Demokratiya qoyishi porlab tong otishiga o’z hissalaringizni albatda
qo’shasizlar degan umiddamiz.
Hurmat va ehtiromlar ila Jizzaxlik huquq nimoyachilari va jurnalistlar:
Mamirjon A’zimov,
Baxtiyor Hamraev,
Ulug’bek Haydarov,
O’ktam Pardaev,
Ziyodollo Razzoqov…

XXX

Assalomu alaykum, Jahongir aka! Yaqinlashib kelayotgan qo’shaloq
bayramlar bilan sizni tabriklayman. Yovuz kuchlarning tehnik nayranglari
sabab bir muddat siz bilan muloqot qilolmay qoldik…
Nima bo’lganda ham man yangi yilda sizga avvalo, mustahkam sog’liq,
faoliyatingizning barcha yo’nalishlarida mutloq g’alabalar tilayman.
2007
yilda xorijdagi muxolifatni yorug’ yuzlari bilan Vatanda ko’rish
orzusidaman. (Azamat).

XXX

Assalomu alaykum hurmatli va azizlar vatandoshlar!
Sizni va oilangizni yaqinlashib kelayotgan muqaddas
Qyrbon Hayiti va Yangi yil bilan chin qalbdan
tabriklayman. Barchangizga oilaviy baht va totuvlik
tilayman. Kelayotgan 2007 yil barchamiz uchun omadli
bo’lsin. Vatanimizni kelajakda ozod va obod qilaylik.
Sizlarga hurmat bilan,
Bahodir Choriyev

XXX
Assalomu Alaykum Vatandoshlar
Hammalaringizga Qurbon Hayiti-Iyd ul Adha muborak bo’lsin, shu muborak kunda duoga ochgan qo’laringiz bo’yi savob-u ajirlarga muyassar bo’lishingizni hamda Yurtimiz O’zbekitonni har kuni hayit bo’lishini yartgan egam Olloh S.V.Tdan tilab qolaman.
Tabrigim oxirida bir shirn ovoz

Hammalaringizga hurmat bilan
Bobur Iso
XXX
Assalomu alaykum!
Barchangizga yangi yil yaxshi va yorug` kunlar olib kelishini tilab qolaman.
Hurmat va ehtirom bilan Ismat Khushev.
XXX
Assalomu Alaykum:
Samimiy tilaklar uchun hammalaringizga raxmat, uz navbatida men ham sizlarga kirib kelayotga yangi yil baxtli va yutuqlarga boy bulishini tilab qolaman.
Hurmat bilan,
Eldor

XXX

Assalomi alaykum!
Ro’znomamizning barcha o’quvchilarga kelayaotan Qurbon hayiti va Yangi yil muborak bo’lsin. Muhoka qilinayotgani kabi Vatanga qaytishlaringiz tezlashib qolsin, biz sizlarni qamashga ham, otishga ham qo’ymaymiz.
Agar qaytsangilzar minglar bo’lib kutib olishga chiqamiz. Andijonliklarni qo’lida qurol bor deb otishdi. Biz esa sizlarni kutib olishga non va tuz ko’tarib chiqmaiz. Hammaning qo’lida muqadads kitomibiz Qur’oni Karim bo’ladi. Agar o’shanda ham otsa otaversin!
Hozirdanoq hukumat tshvishga tushgan. DO’K faollarining yaqinlarini so’roqqa tutmoqda. Bugun men Zokir Alining qarindoshlari tazyiqqa olingani haiqda eshitdim. Hukumat hali suv kelmasdan etik chiqarmoqda.
Nima bo’lganda ham VATANda ko’rishaylik!
Jaloliddin.

XXX

Assalomu alaykum, Jahongir aka,
Sizni, oilangizni, DO’K va qolaversa butun O’zbekiston xalqini muqaddas Qyrbon Hayiti va Yangi yil bilan tabriklayman. Ilohim 2007-yil barchamiz uchun, O’zbekistonimiz uchun omadli, mazmunli, hurlik va eng muhimi Demokratiya yili bo’lsin. Barchamizning yagona orzuimiz — O’zbekistonda haqiqiy ma’nodagi Demokratiya o’rnatilishida 2007-yil omadli kelsin!!!
Bayramlar a’lo darajada o’tsin!
Olloh barchamizni o’z panohida asrasin!!!
“Yo asling kabi ko’rin,
Yo ko’ringaning kabi bo’l”. (Mavlono Rumiy).
Ehtirom bilan Anqaradan Muhiddinbek

XXX

Assalomu alykum hurmatli Jahongir aka. Sog salomat yuribsizmi.Sizni
va siz orqali Demokratik Uzbekiston Kongressi a’zolarini yaqinlashib kelayotgan qurbon hayiti va yangi yil bilan muborakbod etaman. Vatanga ko’rishalik! Abror. Toshkent.

ХХХ

Assalomu alaykum aziz dindoshim!
Bu kunlar har kungidan ham go’zal, har doimgidan-da faraxli kunlar! Chunki bu kunlar bizning bayramimiz. Musulmonlar hayit kunida dunyodagi eng baxtiyor insonlardir.
Birodarim, sizni ham ushbu ulug’ kun, hayit ayyomi bilan chin qalbdan tabriklayman.
Ayni paytda, undan oldin va keyin qilgan ibodatlaringizni Allohim o’z dargohida qabul qilsin!
Yuzingizdan bu kungidek tabbassum hech qachon arimasin!
Qurbon hayitingiz muborak bo’lsin!
Davronbek Tojialiyev

XXX

Жахонгир ака, Сизни ва ДУКнинг барча фаоларини кириб келаётган Янги йил байрами ва Мукаддас Курбон Хайити билан табриклайман!
Барчангизга Янги йил Омад олиб келсин, Узбекистондаги демократияни тиклаш йулидаги харакатларингиз 2007 йилда узининг энг катта ва кутилган самарасини берсин!

Улуғбек Ҳайдаров.

ХХХ

QUTLOV

Uzoq-yaqin barcha-barchaga,
Qutlug bo’lsin Qurbon Hayiti!
Muborak azizlar, do’stu- qadrdon,
Ostonada turgan Yangi yil–mehmon!

Uzr, istigforlar o’tgan hatomdan,
Kimnidir ranjitdim, dilin og’ritdim.
Kamina men o’sha Rizo Obidman,
Samimiy tilakla ko’nglim yoritdim.

TILAK

Yaqin kunda Hayit ayomi,
Yangi yil ham kirib kelmoqda.
Faqat bitta hislat hamon,
Odamzotga tanqis bo’lmoqda.

U goyatda kamyob va noyob,
Uning nomi atalmish insof.
Yangi yilda o’sha insofni,
Olloh bersin mo’l va behisob.

Yahshilarga kulib boqsin omad-baht,
Insof bersin kimda bo’lsa agar taht.
Insof bersin yovuz shohga Isega,
Qonlar to’kib to’nkamasin Musaga.

To’rt tomondan talayotgan o’zbekni,
Kaslarga ham insof bersin hudoyim.
Insof berib halqimizga,millatga,
Hurlik tomon yuzin bursin iloyim.

Rizo OBID.

ХХХ

Ассалому алайкум Жахонгир ака! Kириб келаётган Янги йил сизга ва жамики уша ердаги ватандошларимизга муборак булсин.
Илоё яратган эгам келаётган йилни узбеклар учун хам (худди туркманларга
булгани каби) бахорли, байрамли килсин!
Янги йил сизу бизни орзикиб куттираётган кувончли хабар билан келсин.
иншааллох. Янги йил муборак булсин!

Нидои Мазлум.

ХХХ

Икки байрам – якинлашиб келаётган Янги 2007 йил билан
ва мукаддас Курбон Хайит айёми билан чин калбдан, шахсан уз номимдан ва
Оиламиз номидан табриклайман.
Сизларга узок-умр, тан-сихатлик, оилавий бах-саодат, хонадонингизга
кут-барака, дастурхонингизга тукин-сочинлик, тинчлик-хотиржамлик хамда, дунёдаги барча эзгу ва пок тилакларни тилаб коламан.
Илохим, эски йилда ушалмаган орзуларимиз, Янги 2007 Йилда руёбга чикишлигини, Яратгандан тилаб коламан!
Шоду-хуррамлик, бахт-омад хар дам, хамиша хамрохингиз булсин!
Янги Йил байрамини кутаринки рухда, яхши кайфиятда кутиб олинглар!
Самимий эзгу тилаклар ила,
Улугбек Бакиров.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: