YANGI YIL OLDIDAGI O’YLAR

O’tib borayotir yana bitta yil,

Unga qo’shilishib umr o’tmoqda.

Ostonada turar jilmayib jajji,

Tugilajak tongda yana yangi yil.

O’tgan yil oldida o’yga tolasan,

Nima naf keltirdim,qandayin ziyon?

Albatta hisobin bila olmaysan,

Yahshi-yu yomoni Tangriga ayon.

Harqalay tilingni tishlab qolgudek,

Bir azim gunohga qo’l urmadingmi?

To’gri yo’l turganda sangib-tentirab,

Yovuzlar yo’liga yo’l burmadingmi?

Nima bo’lganda ham o’tdi bitta yil,

Yangisida do’stim yanglishma deyman.

Munofiq to’nini kiyib egningga,

Har eshikka burningni tiqmagin deyman.

Birov o’ldi,birov dorga osildi,

Har kimning qismati har turlichadir.

Ammo baht kim tomon kulib boqmoqda,

U ham ganimatdir yo vaqtinchadir.

Bu dunyoda qara omonat bari,

Hay-yo-huyt,demasdan o’tib ketadi.

Ezgulik tomonga bir boqib qo’ysang,

Oz bo’lsada shu do’stim senga etadi.

Ana ketayotir qo’l silikib bir yil,

Nimaga ulgurding,nimalarga yo’q.

Kimlar afsusdadir,kimlar armonda,

Kim qilgan yumushdan borar ko’ngli to’q.

RIZO OBID.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s