Nuqtai nazar

KARIMOV DOR TAGIDA O’ZINI QANDAY TUTARKIN?

Diktator Saddam Husayinning dorga osilishi Karimov singari diktator va diktatorchalarning ramziy dorga osilishi. Mana shu fikrni aytgan DO’K raisi Jahongir Mamatov chizgilarini o’qiy turib, Saddamning dorga osilishi jarayonlarini kuzatgan voqea shohidlarining aytganlarini mulohaza qildim.

Saddamning dorga osish jarayoni hammasi bo’lib 25 minut vaqt olgan.Diktator 10 minut dorga osigliq holda turgan va arqon qon bilan bo’yala boshlagach uning tanasi arqondan boshatib tushirilgan.

Osilgunga qadar Saddam o’zini hotirjam tutgan.Dor tagiga olib ketishayotganda u qo’lidagi Qur’oni Karim kitobini yaqinlariga berib qo’yishlarini so’ragan va uning bu so’nggi iltimosi albatta bajarilishini aytishgan.Osilish oldidan u kalima keltirgan.

Aytmoqchimanki Saddam dorga osilish oldidan o’zini hotirjam tutgan va ilohga hamd aytgan.

Agar diktator Karimov dorga osiladigan bo’lsa o’zini qanday tutgan bo’lar edi,degan o’y kechadi kishi ko’nglidan.Menimcha Islom Karimov so’nggi damda ham o’zini har yonga urib ,”men haqman”,deb oyoq tirab turib olsa kerak.Kalima keltirishni bilmasa ham kerak.

Chunki u Surhondaryoda ”bizning tarihiy dinimiz zardo’shtiylik”,deb aytgan edi.Umuman u o’zi birorta dinni tan olishiga ham unchalik ishonmayman.

Suhbatdoshlardan biri aytganday uni dorning tagiga olib borishgan taqdirda ham so’nggi damda ham ”hozir arqon uzilib ketsa kerak”,deb umid qiladi.

Umuman olganda gunohi ko’p odamlarni dor ham ko’tara olmay uzilib ketishi mumkin.Lekin ,nima bo’lganda ham bugun katta bir diktatorning dorga osilishi boshqa diktator va diktatorchalarning ko’zini ochsa ajab emas.

Rizo OBID

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: