Qo’rqmagan xudojo’ylar Hajda ham Xudodan qo’rqishmaydi!

Jaloliddin, Tosheknt.

Qarang-a, biz bilmay qolibmiz, O’zbekiston gullab-yashnab ketgan va bularning hammasi Karimovning sharofatidan ekan! Yo’q demang, Xudodan qo’rqmagan xudojo’ylarning fikri bu! Mana ishonmasangiz bugun televideniyeda o’qib berilgan mana bu maktubni tarix uchun olib qo’ying

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident Janobi Oliylari!

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu!

Sizni va go‘zal diyorimiz fuqarolarini qutlug‘ ayyom – Qurbon hayiti munosabati bilan ulug‘ haj ibodatini ado etish baxtiga musharraf bo‘layotgan o‘zbekistonlik hojilar nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Istiqlol sharofati bilan yurtimiz musulmonlari islom dinining barcha arkonlari, xususan, haj amallarini emin-erkin bajarish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Hozirda har yili besh mingdan ortiq yurtdoshlarimiz bunday muborak safarga borish sharafiga muyassar bo‘lmoqdalar.

Ayni kunda, yurtimizda hukm surayotgan barqarorlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik – bularning barchasi mamlakatimiz rahbariyatining oqilona siyosati natijasi ekanini yanada teranroq idrok etmoqdamiz.

Biz, o‘zbekistonlik hojilar Makkai mukarrama, Madinai munavvara kabi muqaddas zaminlarda turib, yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, “Ijtimoiy himoya yili” deb e’lon qilingan yangi 2007 yil elimiz uchun xayru barakotli bo‘lishini Yaratgandan iltijo qilib so‘ramoqdamiz.

Sizga, muhtaram Prezident Janoblari, Alloh taolodan mustahkam salomatlik, baxt-saodat tilab, xalqimizni va serquyosh diyorimizni hamisha o‘z panohida asrashini so‘rab duolar qilib qolamiz.

O‘zbekistonlik hojilar nomidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov

Saudiya Arabistoni, Makka shahri, Arafot vodiysi, 2006 yil 29 dekabr”

Shundan keyin Karimov yayramasdan sizning qulingiz Jaloliddin yayrasinmi?

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: