Nuqtai nazar

Nega biz uni sudga berolmaymiz?

Bugun balandparvoz gaplar gapirish quruq aravani olib qochish,degan bo’lar edim. O’zbeklar allaqachon go’sht emay qo’yganini qo’yavering. Karimov,degan zot o’zbekni bugun to’yib non eyishdan ham benasib qilib qo’ygan.

…Buyuk Britaniya Bosh Vaziri Toni Blierning  shahsiy samoleti yo’qligini bilamiz. Karimovdachi? Karimovda hamma narsa bor. Bor bo’lgandayam keragidan ortiqcha boyliklari bor. Ayrimlar uni yeb to’ymas Karimovning tayini yo’q. Tagi zoti ko’rmagan .

U 1992 yili ”kim nonnning narhini ko’tarsa u halq dushmani”, degan gapini hanuzgacha eslab kinoyali kulib qo’yishadi. Halq dushmani bugun Islom Karimovligi kunday ravshan bo’lib qoldi.

Karimov kim halq tarafida bo’lsa barchasini galamis,qo’poruvchi,davlat dushmani atab avahtalarga tashlamoqda.Biz esa indamasdan uning tuhmatlarini hazm qilmoqdamiz. Ayrimlar uning shahsiga tegmaslik kerak,deb aytadi.

Ahir u sizu-bizni hohlagancha haqoratlab-h’layotgan ekan nega biz uning shahsini hurmat qilishimiz ekan .

Ahir hamma kirdikorlar shahsan undan kelib chiqayotgan ekan nega biz uni jinoyatchi,o’griboshi,halq dushmani deb atamaymiz. U ko’plab begunohlarni qamoqhonalarda qiynamoqda.

Nega biz uni sudga berolmaymiz?

Nohaq jabr tortayotganlar bir bo’lib sudga berish kerakmasmi?

O’tgan yili O’zbekiston Qonunlariga muvofiq uning jinoyatiga yarasha qamoqqa olib sud qilinishi shart, deya bosqichma-bosqich tuman,viloyat ,O’zbekiston Oliy sudiga ariza yozib jo’natgan edim. Ohirgisini esa Gollandiyadagi Gaaga Oliy Harbiy tribunal sudiga yuborgan edim.

O’zbekiston sudlaridan,kuch ishlatar tizimlaridan norasmiy javoblarni oldim.Yani ular O’zbekistondagi har-bir militsiya maskanlariga terrorchi,deya suratlarimni ilib qo’yishibdi. Oila a’zolarim va qarindoshlarim,menga yaqin bo’lgan kishilarni bugungi kundayam táqib etish davom etmoqda. Ular esa mening hech qanday hukumatni agdarmoqchi bo’lmaganimni aytishdan boshqa nima deyishni ham bilishmaydi.

O’zim haqimda o’rni kelib qolgani uchun misol tariqasida aytyapman holos. Meni qo’yavering bir gap bo’lar. Men boshqa jabr tortganlar,nohaq terrorchi,deb otilganlar haqida aytmoqchiman. Ularning yaqinlari bir bo’lib,nega Karimovni sudga berishmaydi?

O’zbekistonda ko’pchilik nonga to’ymayapti. Bunaqada ertangi kunimiz,kelajak avlod nima bo’ladi?Ëtarli non emagan bolalar kelgusida qanaqa odam bo’lib ulgayadi?

Jinoyatchi Karimovni sudga berish kerak. Zudlik bilan qamoqqa omasa u quturgan dev kabi o’zi honavayron yurtni tez orada do’zahdanda battar makonga aylantiradi.Fursat ganimat. Tezroq  Karimov , degan jinoyatchini kishanlash kerak.
Rizo  OBID

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: