Diktatura manzaralari

ZOKIR ALIEV: Safdoshlarimga va oilamga nisbatan ta’qib va taziyqlarni to’xtating!

O’zbekiston Milliy Xavfsizlik Xizmati raisi Rustam Inoyatovga

O’zbekiston fuqoralari ham boshqa demokratik davlatlarda bol’gani kabi o’z yurtida tazyiq va ta’qiblarsiz , hur va erkin yashashni orzu qiladi va unga intiladi.

Afsuski, yurtimizda qonunlarda yozilgan so’zlarning ijrodan boshqacha bo’lishini amlda ko’rib kelmoqdamiz. Shunday ekan, qilinayotgan har bir ishning qaysisi qonun doirasida qilinayotganiyu qaysisi qonun doirasidan tashqarisida ekanligini bilish har bir O’zbekiston fuqorasi kabi menining ham konusitutsiyaviy haqqimdir.

Aynan sizga murojaat qilishimning boisi ham, aynan bu tashkilot tomonidan amalaga oshirilayotgan xatti-harkatlarning qonuniy izohini bilmoqdir. Bilaman, bu jalloddan najot so’rawdir. Ammo jallodga ham uning kimligini eslatib qo’yish ucun ba’zan unga ham murojaat qilmoq kerak.

Bugungacha sizning xodimlaringiz tomonidan mening fitratimga zid rbo’lgan ”Xoin” va Sotqin” aybnomalari menga yuklanib yaqinlarim, qarindoshlarim so’roqqa tutilmoqda, sanoqsiz insonlar tergov qilindi va qilinmoqda.

MXXning Qashqadaryo boshqarmasi xodimlari tomonidan saxsan menga qo’yilayotgan bu aybnomalarni asossiz deb bilaman va buni faktlaringiz bolsa, dalil va isbotini qilishga chaqiraman. Bugungacha, hech qanday faktlarga tayanmsdan qo’yilayotgan ayblovlar, tergovlar natijasida, nafaqat shaxsim balki oilam, qarindoshlarim, do’stlarim, safdoshlaim ta’ziyiqlarning og’ir bosimi ostida qolib kelmoqda .

Agar, siz o’zingiz tomondan aytilayotgan iddaolar, tog’ri desangiz, unda kimni, qayerda, kimga sotganmanni ham aytinshingiz shart. Xavfszlik xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ta’qib tazyiqlarni, aybnomalarning ayni paytda qonunlarimizning qaysi moddasi yoki bandiga asoslanayotganiga ham izoh berilishi kerak.

Men tufayli, sor’oqqa tutulmagan na bir do’stim, na bir tanishim, na da hamqishloqlarim qoldi. Siz ta’zyiq o’tkazmagan hech bir inson qolmadi bugungacha.

MXX tomonidan amalga oshirilayotgan ta’qib va tazyiqlarni to’htatilshini talab qilaman. Ayni paytda shaxsimga nisbatan qo’yilayotgan uydirma aybnomaningizni izohlab berilishini so’rayman. Agar izoh berilolmasa, demak, qilayotgan ishlaringiz hammasi noqonuniy va asossiz ekanligini tan olgan bo’lasiz.

Unutmaylik-ki, qonun olidida hamma barobar va qiliinayotgan har bir ta’qib va bosimlar uchun qonun oldida (bugun bo’lmasa, bir kun) hamma javob beradi .

Zokir Aliev,

Demokratik O’zbekiston Kongressi raisining birinchi o’rinbosari, ijrochi direktor.

One Response

  1. Assalomu Alaykum, Zokir
    Men siz bilan birga Bursada uqiganman. Iloji bulsa meni e-mailimga hat yozing abdurauf72@mail.ru

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: