Savol…Javob…

SHUHRAT NUSRATOV…

SAVOL: Sizni kirib kelayotgan Qurbon Hayiti bayrami bilan tabriklayman. Tilaklarim Sizga va Sizga yaqin, qadrdon bo`lgan, jumladan ezgu niyyatdagi barcha insonlarga Alloh dan ikki dunyo saodatini so’rab duo qilaman.

Bu imkoniyatlar diyorida eson omonmisiz?

Sizni taniganimga  atigi bir hafta boldi. Shu qisqa bir vaqt oralig’ida siz bilan juda yaqin bo’lib qoldim.

Web sahifangizni har bir qismini o’qib, tinglashga shoshib qolmoqdaman. Juda qiziqarli ma’lumotlar, fikrlar, mulohazalarga boy ekan sahifangiz.

Ikkita savolim bor.

1.7 sessiyada nutq so’zlagan Nusratov haqida malumot bersangiz iltimos?

2.O`zbekiston iqtisodiyot vazirligida ishlagan, “Shuhrat” o`rdeni bilan taqdirlangan Yo’ldosh Saidhonov hozirda ish faoliyatidan chetlatilgan va hech qanday tashkilot u kishini ishga olmayotganligini qandaydir siyosiy sabablari bormi? Shu kishi haqida qanday fikrlarga egasiz? (Rahim). 

JAHONGIR MUHAMMAD: Bildirgan ezgu tilaklaringiz uchun rahmat. Sizga ham saodatli kunlar yor bo’lsin.

O’zbekistonda demokratiyaning so’nggi kunida xuddi bugunni bashorat qilgan kabi nutq so’zlagan kucli siyosatchi Shuhrat Nusratov shu sessiyadan keyin  qattiq quvg’inga olindi. Ishdan chetlatildi. Shundan keyin siyosatni yig’ishtirib, tijorat bilan shug’ullana boshaldi. Uning 1995 yilga qadar bo’lgan taqdiridan xabardorman. Bu yo’g’iga u haqda hech narsa eshitganim yo’q.

Siz aytgan ikkinchi odamni tanimayman. Ismi sharifi siyosat maydonida aylanganini ham eshitmagan ekanman. U kishi ham minglab aziyat chekib yurganlardan biri bo’lishi mumkin. Agar siz u kishi haqida ko’proq bilsangiz, bizga yozing va saytimizda e’lon qilaylik.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: