MUNOSABAT

KARIMOVNING YURAGI YORILIB O’LADI

Vatanga qaytish haqida DO’K raisi Jahongir Mamatov savolga javobi bilan tanishar ekanman ko’nglimdan turli o’ylar kechdi. Kim ham o’z kindik qoni to’kilgan zaminda yurgisi kelmaydi. Ayniqsa, uzoq yillar musofirlik, muhojirotning zahmatlari har qanday kishining ham Vatanga talpinish hissini yanada orttirishi shubhasiz.

Lekin, Jahongir aka aytmoqchi qarshingda turgan baloni ko’ra turib unga tik borish albatta nodonlik.

Lekin javobda sha’ma qilinayotgani kabi Karimov rejimiga chindanda muholif bo’lganlar birlashsa mantiqiy yakunga borish mumkin degan fikrga keldim.

Masalan, halqaro tashkilotlar, nufuzli davlat rahbarlari kuzatuvi va nazorati ostida agar muholifatchilar emas barcha o’zbekistonlik Vatanni ozod ko’rishni istaganlar bir bo’lib O’zbekistonga kirib borishasachi?

Unda Karimovning yuragi yorilib o’ladi.

Ha, ha ishonavering, shunday bo’ladi. Ba’zilar O’zbekistonliklarning chetga chiqib ketayotganidan Karimov obro’im tushadi, deya qayg’uradi, deb o’ylashadi. Yo’q u bunday o’ylamaydi ham, tashvishlanmaydi ham. Chunki Andijon voqealari chog’i uning o’zi :”..avtobus tashkil etib beramiz, hohlaganlar unga o’tirib Qirgiziston tomonga o’tib ketishi mumkin, halaqit bermaymiz, yer yuzi keng, ular o’sha yoqdan nari o’z-o’zidan singib ketadi”, deganday gapni aytgan edi. Va yana bir minbardan turib, ”..menga 5 million aholi ham yetadi , qolganlari nima bo’lsa-bo’lar..”.,degan gaplarni aytgan ham Karimov.

Albatta bizning odamlar (muholifatdagilarni aytmoqchiman )bir yoqadan bosh chiqarib :’ ‘Biz Vatanga qaytamiz”, deyishlariga ishonish qiyin. Lekin , ”bu yog’iga nima bo’larkin?”, deb tomoshabin bo’lib turaverish ham yaramaydi.

Fikrdan-fikr uyg’onar ekan. Aytilganlarning hammasi to’g’ri , deb da’vo qilishdan yiroqman. Ammo , qo’lni ko’ksimizga qo’yib aytaylik, tan olaylik, Jahongir Mamatov to’g’ri taklifni o’rtaga qo’ymoqda-ku.

Bahs-munozara, zarda-gina vaqti emas. Jinday fursatda o’zimizning til bilan aytganda ”do’ppi bir aylanguncha saylov muddati ham keladi, yana chetdagi kuzatuvchi bo’lib qolishimiz kerakmi? Yo’q, unaqa emasmi? Unday bo’lsa keling orda aytilgan noxush gaplarga qo’l siltab, qo’lni-qo’lga bering. Muborak kunlar haqqi-hurmati, yurt ozodligi uchun mardona, erkagona, o’zbekona bir qadam tashlaylik!
Rizo OBID

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: