MUNOSABAT

                                          ”KO’R VA SOQOVLAR”NI O’QIB… 

Hayriyat, nihoyat o’zlarining kimliklarini tan olishibdi. Odam o’zidagi nuqsonni ko’ra olishi ham mardlik alomati. Men jismoniy nuqson haqida gapirayotganim yo’q albatta. Qildan qiyiq ahtaradigan tillahonlarmi yana allamhonlar umidvor bo’lmasinlar.Bor gapga bor fikrimni aytmoqchiman holos.Yana takror aytaman bu mening shahsiy fikrim .Lekin bu fikrim yanglish bo’lishini juda-juda istayman.

 Bizda, ya’ni o’zbek jamiyatida muholifat,degan nom bor,uning baholi qudrat sudralib,turtinib-surtinib borayotgan faollari ham bor. Lekin ularni to’gri yo’ldan yoruglikka,hurlikka,chinakam ozodlikka olib boruvchi etakchi,yo’lboshchilari yohud birorta manaman ,degan lideri yo’q. Bir vaqtlar liderlikka da’vogar bo’lganlari bir qoqilib,qayta o’zini o’nglay ololmayotganlardir.

 DO’K raisi Jahongir Mamatov agar mamlakat ichkarisidan bir nomzod, qo’yingki mabodo chetda yurganlardan biror -bir kishi O’zbekistonda bo’ladigan Prezidentlik saylovlarda ishtirok etish uchun  nomzodini qo’ya olishga erishsa biz uni qo’llab-quvvatlagan bo’lar edik, degan mazmunda murojjat etdi.U bilan men ham tanishdim va qaniydi-ya, deya bir ho’rsinib oldim. Chunki manaman , deb maydonga tusha oladigan muholifat lideri bizda na ichkarida,nada tashqarida yo’q.

 Mening fikrimcha buning uchun ancha mardlik,jasorat,donolik kerak.Umuman esa O’zbekistonda Karimov , degan zulmkor shoh turar ekan qandaydir saylovlar bo’lishiga ishonmayman.Ayniqsa demokratik saylovlar bo’lishiga umid qilish bu degani afsonaday gap.

 Ho’sh mahmadana nima qilish kerak, deguvchilarga bir taklifim bor. Mamlakat ichkarisidagi  qo’llab-quvvatlanishga muhtoj bir nomzodni tanlab ,har tomonlama yordam berish kerak.

Men DO’K raisi Jahongir Mamatovning chetdagi muholifat vakillaridan biri bo’lsa ham mayli, deganday najotkorona taklifiga unchalik qo’shilmayman. Chunki chetda yurgan liderlarning bir-biriga munosabati emas o’zining o’zigada ishonchi yo’q, sahroda adashib yurgan yo’lovchiga o’hshataman.Ular Karimov turgan mamlakatga manaman Prezidentlikka nomzodimni qo’yaman, deb kirib bora olmaydilar.

Bu mening fikrim.Yana takror aytamanki bu fikrim yanglish bo’lishini judadanda ko’proq hohlayman. Kechirasiz-u ular o’zlari aytganday ”ko’r va soqov”likni ham durustroq uddalashlariga shubham bor. Chunki ko’rni soqov yetaklaganda edi allaqachon manzilga etib borgan bo’lar edi.

Rizo  OBID.

TAHRIRIYAT: Bu borada Jahongir Mamatov yozgandi:

“Бу эса сайловдан олдин мамлакатга қайтиш масаласидир. Агар Абдураҳим Пўлатов ёки бошқа бир даъвогар очиқ қилиб “Мана мен яқинда Ватанга қайтаяпман, Олий судга мурожаат қилиб, (Баҳоналари тайёр “Олий суд бизни эшитмайди”. Ҳа, баракалла, шунинг учун ҳам номзод ичкаридан бўлсин деяпмиз-ЖМ) ўзимнинг сайловда қатнашиш ҳаққимни исботлайман ва шундан кейин номзодимни президентликка қўяман. Ана ўшанда менинг номзодимни қўлланглар” деб майдонга тушсин, қурултойнинг ҳам кераги бўлмай қолади, биз уни қўллаймиз. Лекин бундай журъат ҳеч кимда йўқ.”

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: