MUNOSABAT

BIROR GUL TOPILADI…

Turkmanlarga poshsho bo’lish uchun Asosiy Qonunni o’zgartirib poshsholikka nomzodini qo’ydirgan tish do’htiri Qurbonguli turkmanboshi bo’lmay kim bo’lsin. Boshlanishidanoq surbetlikni boshladimi,demak u poshsho bo’ladi.Surbetlarcha tahtga kelib,uzoq vaqt surbetlarcha tahtda o’tirish Markaziy Osiyo hukumati hukmdorlariga hos bo’lib qoldi.

Turkmanlar ham o’zimizning o’zbeklarga o’hshagan bir halqda.

Ota-bobolarimiz azaldan qulogimizga quyib kelishgan ”jon bolam, poshsholikning ishiga aralashma”. Ha, mayli turkmanlarga Qurbonguli Berdimuhammedov poshsho bo’lar,lekin o’zbeklarga kelgusida kim poshsho bo’larkin? Bu savol ko’pchilikni qiziqtirsa kerak.

O’zbek halqi nimani yo kimni hohlasa o’sha bo’ladida albatta.

Ota-bobolarimiz aytganday poshsholikni ishiga aralashib bo’lmaydi,deb o’tiraversak bizga ham kelgusida biror-bir aptekachimi yo biror-bir ismi ”gul” bilan bogliq kimsa poshsho bo’lib qolsa ajab emas.

Yaqinda ”Turonzamin” ro’znomasi orqali bir muhlis DO’K raisi Jahongir Mamatovga savollar berar ekan Karimovning qizi Gulnoraning o’ziga mutlaq yot bo’lgan sohaga lavozimga kelganidan taajjubini aytgan, Jahongir Mamatov esa hozirgi o’zbek poshshosi Karimov rejimi davrida buning hech ajablanarli joyi y’oqligini aytadi.

Men savol-javobni aynan keltirganim yo’q. Mazmuni shunaqa. Aytmoqchimanki, ertaga poshsholik tahtida Karimovning qizi Gulnora Karimova malika bo’lib o’tirib qolsa yo biror bir do’kondor shishafurushmi, attor upa-elikchimi hech ajablanmasa bo’laveradi.’ ‘Man poshsho bo’laman”, deb taht atrofiga kelib qolsa bo’ldi. Chapak chalib turish nima degan gap.

Chizgilarim biroz kulguli tuyuladi. Masxaraga o’hshab ketadi. Aslida unisiyam-bunisiyam, desa bo’laveradi. Lekin eng achinarlisi haqiqati ham shu.

Haqiqatan ham bizga baribir bo’lib qoldi.Qay bir tayinsiz hukumat tepasiga kelmasin,qanchalik kirdikorlar qilmasin ko’nikib qoldik.Chunki poshsholikni ishiga aralashib bo’lmaydi-da.

Biz avvalo shahsan o’zimiz biror bir nohaqlikka duch kelgach, keyin huquq himoyachisiga aylanamiz,muholifatchiga aylanamiz,ungacha ”och qornim,tinch qulogim” qabilida mum tishlab yuraveramiz.O’zimizning biror-bir yaqinimiz boshiga nohaqlik tushsa ayuhannosni shundoq solamizki, asti qo’yavering,ungacha u bilan meni nima ishim bor, deymiz. Hatomiz ham shundada .

Umum uchun qaygurish yo’q. Ba’zilar aytganday ”o’zbek-degani o’zimga bek”, deganiday hattoki o’zimizga o’zimizgada bek bo’lolmay qoldik.

Ko’p gapirdim ,uzr. Poshsholikka til tegizib qo’ydim, uzr.Lekin Sizdan so’raydigan bir gapim bor. Poshsho gul bo’lsinmi yo o’zingiz tanlaysizmi?

RIZO OBID.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s