Nuqtai nazar

KARIMOV HUKUMATI NIMANI ISBOTLASHGA URINADI?

Gohida zo’r siyosatchiy-u davlat arboblarigada qoyil qolmayman. Nega, desangiz AQSH va Evropa Ittifoqining manaman, degan siyosiy arboblariyu davlat rahbarlarini Karimov degan zot yaqin 20 yildan buyogiga laqillatib kelmoqda.

Karimov va uning guruhi bemalol istagancha jinoyatlar sodir etib yana hech narsa bo’lmaganday yallo qilib yuribdi.

Yaqinda OAVda bir maqolani o’qib,hayratim yanada ortdi. Unda Karimov hukumati Jasliq turmasida hech qanday qiynoq yoqligini iddao qilayotganligi aytilibdi.

Yo men laqmaman, hech narsaga aqlim etmaydi,yo bilmadim. Ahir o’sha necha marta aytilgan besh karra besh yigirma besh,deganday O’zbekistin turmalarini qo’yavering butun mamlakat qiynoq zonasiga aylanib bo’lganiga va kundankunga halq boshidan yurgizilayotgan zulmu zo’ravonlik kun emas daqiqa sayin dahshatli tus olyapti-ku.

To’grisini aytsam,garbdagi demokratiyani yoyinlashtirishga safarbar etilgan OAV to’grisida fikr aytgani ham yuragim bezillab qoldi. Aytmasam ham bu gal qaysi OAV va kimlar haqida yozayotganimni anglab turibsiz. Sal tanqidiy fikr aytsang sapchib ketishadiya.Ha,endi bu gal bir tuzukroq bir narsa eshitib qolarman,deb kutasan Afsuski…

Ochigi eshitib esnab o’tiraman. O’zbekiston OAVlardan qilchagina farq qilsachi.

Mavzu bir yonda qolib OAV haqida gap boshlab yuborganim boisi, Karimov jinoyatchilar kattasiku,ahir. Nimaga uni shu nom bilan atalmaydi.Insof bilan yuragingizga quloq tutib ko’ring ,shunday emasmi?

Nimaga Karimov yakka o’zi qabul qilayotgan qarorlaru qonunlar muhokamasiga zo’r beraveramiz.Ahir ularning birortasi halq manfaatiga zarrachayam naf keltirgani yo’qku.

Moddiy manfaatdorlik, degan narsani o’ylab topganniyam, deb so’kib yuborging keladi. To’gri har kim o’z manfaati uchun tirishishi odamzotga hos qonuniyat. Lekin bir inson sifatida anov och qolayotgan,yupun yurgan,ezilayotgan,qashshoq,beva-bechoralarning ham dardlariga biroz hamdard bo’laylik. Ular sizu bizdan nimadir yoruglik kutib intiqlik so’nggi nafasini olyaptiku.

“Uraversa eti qotar,so’kaversa beti qotar”,deganday Karimovning etiyu beti tugul hammayogi toshdan battar bir allambaloga aylanib bo’lgan.Hoy,bas qil ,deb bong uradigan bir palla kelmadimi?

AQSH yo EI mamlakatlari avval aytganimday biror bir narsani o’zgartirib bermaydi Hammamizning elkamizda shayton mahkam o’tirib olgan . Bir-birimizga yon bergimiz kelmaydi. Men anovdan zo’rman. Kattamiz kattamanku ,demaydi,kichkinamiz yoshman ,demaydi. Hammamiz osha ko’p bor aytilgan donolarmiz.Andisha uchun ”ha,endi kechirib qo’ying”,desangiz ”men haqmanda kechirim so’rayapti ”, degan o’y bilan burun osmonda. Ha, uzr so’ragan odam sening ahmoqliging ortib ketmasin, deb uzr so’rayapti. Ozgina mulohaza qilsangchi kaltafahm,deydigan odam yo’q. Uzr, so’rashniyam, kechrimli bo’lishni ham bilmaymiz hatto.

Qarang bir-birimizga oqibatimizni. Butun boshli bir odam vafot qilibdi atrofidagilar behabar.Yana allakimlarning huquqlarini himoya qilaman,deb ko’krak keramiz.Avval atrofingdagi ozgina e’tiborliroq bo’lgin,deydigan odam yo’q. He, osha grantlar ham qurib ketsin.Unga mazaho’rak bo’lib bir-birlaringni bo’gizlashga tayyorsizlar-a. Bu holda Karimov bizning holimizni ko’rib quturgandan-quturaveradi-da.

Karimov O’zbekistonni jazo lageriga aylantirib bo’ldi. Endi bu lagerni buzish goyat ogir. Lekin ko’pchilik bir mushtdan ursa o’ldiradi,bir tishlamdan bersa to’ydiradi, deganday, Karimovni boqavermay ozgina o’zgina halqni ham o’ylash payti allaqachon kelib hattoki o’tib ham ketmayaptimi?

RIZO OBID.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: