“Elchixona oldida norozilk harkati boshlaymiz”

O’zbekiston hukumatiga noroziligini bildirish maqsadida harakatning AQSHdagi o’nlab a’zolari bilan O’zbekiston Respublikasining Vashington elchihonasini oldida istalgan kunda norozilik harakatlarini boshlab, muddatsiz davom ettiradi va elchihona faoliyatini davom ettirishiga imkon bermasligini ma`lim qilamiz.

O`zbekiston Respublikasining AQSHdagi

Favqulodda va Muxtor Elchisiga

MUROJAATNOMA

      AQSHda ro`yxatdan o’tgan “Birdamlik” harakati o’z faoliyatini “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq olib boradi.

2006-yilning 28-noyabrida “Birdamlik” harakatining O`zbekistondagi faollari Zulfiya Haydarova va Oysha Mamanazarovalar imzosi ostida 8-dekabr O’zbekiston Konstitutsiyasini Bayram qilish va 30 daqiqalik miting o’tqazish haqida Shahrisabz tuman hokimligiga bildirishnoma berilgan edi. Joriy yilning 4-dekabridan boshlab “Birdamlik” harakati faollari va ularning oila a’zolariga nisbatan tazyiqlar boshlandi, ya’ni ular mahalliy hokimiyat va kuch ishlatar tizimlar orqali qattiq qo’rqituv va nazoratga olindi. 2006-yil 8-dekabr kuni harakatning Zulfiya Haydarova boshchiligidagi bayramga qatnashuvchi faol ayollari o’z farzandlari bilan birga noqonuniy ravishda tuman Ichki Ishlar tomonidan ikki soat hibsga olindilar.

2007-yili O’zbekistonda bo’ladigan president sayloviga mustaqil nomzod sifatida qatnashmoqchi bo`lgan Toshkent shahrida yashovchi Jahongirsha Shosalimov hamda mustaqil Inson Huquqlari himoyachi va harakatning a’zosi Abdullo Tojiboy og’li Toshkendan Shahrisabzga ketayotganida barcha huquq va erkinliklari poymol etilib, Qashqadaryo viloyatiga kirishda joylashgan DAN (Davlat avtomobil nazorati) postida 7-dekabr kuni hech qanday asos ko`rsatilmasdan hibsga olingan. Ular bir kun muddat bilan Qarshi shahri Ichki Ishlar bo’limida qamab qo`yilib, ertasiga Toshkent shahriga qaytarib yuborilgan.

8-dekabr 2006 yil Toshkent shahrida ham Konstitutsiya kuniga bag’ishlanib katta tantanali miting o’tkazilishi kerak edi. Bu mitingni o’tqazishni Harakat a’zosi Abdullo Tojiboy o’g’li tashkillashtirgan edi, ammo qattiq tazyiqlar ostida atigi sakkiz kishi mitinga yetib kelishdi. Qolgan mitinga hayrihoh kishilar qattiq tazyiqlar ostida belgilangan manzilga etib kelaolmadilar.

Bugungi kunda Abdullo Tojiboy o’g’li, Zulfiya Haydarova, Yelena Urlayeva, Baxtiyor Hamroyev, Oysha Mamanazarova va boshqa muholifat vakillariga nisbatan qattiq tazyiqlar davom etmoqda. Ular mahalliy hokimiyat, Ichki Ishlar va Davlat Hafsizlik hodimlari tomonidan qattiq qo’rqituv va nazoratda, o’z uylarida ushlanib turilmoqda. Ularni Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari poymol qilinmoqda.

“Inson Huquqlarini Umumjahon Deklaratsiyasi” O’zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan. O’zbekiston Konstitutsiyasi amalda ishlab turibdi, ammo hukumat va president Islom Karimov tomonidan by ikkila qonun doimo oyoq osti qilinmoqda. Mamlakat hayotida qonun ustuvorligi tamoyili kundan-kunga yo`qolib bormoqda. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan muxolifat vakillari va inson huquqlarini himoya qiluvchilar doim tazyiq ostida.

“Birdamlik” harakati O’zbekiston Konstitutsiyasiga asosan barchaning huquq va erkinliklari teng ekanligini inobatga olib, O’zbekiston prezidenti va hukumatini Konstitutsiyaga so`zsiz rioya qilishga va fuqarolarning Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini amalda ta`minlashga chaqiradi hamda yuqorida nomlari ko’rsatilgan barcha muxolifat vakillariga nisbatan tazyiqlarni to’xtatishni talab qiladi. Aks holda, Birdamlik harakati O’zbekiston hukumatiga noroziligini bildirish maqsadida harakatning AQSHdagi o’nlab a’zolari bilan O’zbekiston Respublikasining Vashington elchihonasini oldida istalgan kunda norozilik harakatlarini boshlab, muddatsiz davom ettiradi va elchihona faoliyatini davom ettirishiga imkon bermasligini ma`lim qilamiz. Bu nozo’ravon harakatlar yuqorida ko`rsatilgan talablarimiz to’liq bajarilgunga qadar davom etadi.

“Birdamlik” harakatini yetakchisi, Bahodir Choriyev

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s