DO’K MAJLISI

25 Dekabr, yakshanba kuni poytaxt Vashington yaqinidagi Aleksandriya shahrida Demokratik O’zbekiston Kongressi faollarining yig’ilishi bo’ldi. Ular kelgusi yilda qilinadigan ishlar borasida fikr almashdilar.

DO’K raisi Jahongir Mamatov, rais o’rinbosari Bahodir Choriyev, hay’at a’zosi MuhammadBobur Malikovlar DO’K raisining birinchi o’rinbosari va ijrochi direktori bo’lgan Abdumannob Po’latning oxirgi kunlardagi faoliyati bois u bilan birga ishlay olmasliklarini yozma ravishda ma’lum qilgandilar. Tashkilotning muvaqqat nizomiga ko’ra mazkur masala elektron yozishmalar orqali muhokama etilgan va A. Po’latdan tashkilotdan ketishi so’ralgan edi. Xususan uning keyingi paytda mening pozitsiyamga to’g’ri kelmayapti deb  tashkilot ishlarini inkor etishi, tashkilot bayonotlari va hujjatlariga nisbatan ham ayni pozitsiyani egallashi, hatto Karimov rejimi bilan muloqot qilishga chaqirishlari, Karimovni kechirganligini yozma ravishda e’lon qilishi kabi “shaxsiy pozitsiyasi” ko’pchilikning jiddiy noroziligiga sabab bo’lgandi.

Qizg’in bahs-munozaraga aylangan yig’ilishda Abdumannob Po’latning O’zbekiston hukumati bilan muloqot qilishga da’vati va boshqa “argument”lari yana bir bor uning o’zidan  eshitilib, muhokama etildi va nafaqat DO’K ha’yatining a’zolari balki majlisga mehmon bo’lib kelganlarning aksariyati ham buni keskin ravishda rad ettilar.

Nurayotgan, yiqilayotgan, qo’li qonga botgan diktatura hukumati bilan faqat bir marta muloqot bo’ladi, u ham uning hokimiyatni topshirish paytida degan gaplar bot-bot aytildi.

Shundan keyin oldinroq faqat Ijrochi direktorlikdan ketishga rozi bo’lgan A. Po’lat  birinchi o’rinbosarlikdan ham iste’fo berdi va DO’K raisining birinchi o’rinbosari etib Zokir Ali saylandi.

DO’K Matbuot xizmati

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: