She’riyat

RIZO OBID

SUYMADIM

Nega men suymadim, suya olmadim?

Balki suyuklilar ko’pligi uchun?

Ehtimol eng suyuk so’zlarim mening,

Aytolmay qolganim bo’gzimda tutun.

So’rashdi dunyoda nimadir suyuk?

Otami,onami yoki dildoring?

Men esa darvesh yo bir bagri kuyuk,

Suyganim so’zimdir aziz dildoshim.

Vatanim, millatim,v atandoshlarim,

Har biri so’zimning marjonlaridir.

Ularning kulgani,qiqirlagani,,

Balki aytilmagan armonlaridir.

Dor chorlar bo’lsa gar tikka boraman,

Oppoq yo’rgakdagi bir so’zim uchun.

U menga vafodor va sodiq dildosh,

U yarim,men yarim,ikkimiz butun…

Nega men suymadim,suya olmadim,

Balki suyuklilar haddan oshiqdir.

Men esa yolgizman garib kulbamda,

Garibgina so’zimga ko’nglim ochiqdir.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: