Rizo Obid:ZINDON

rizo_obid_vaslavske.jpg10.VALYUTA

Qamoqhonaning huddi O’zbekistonning I.A.Karomov boshchiligidagi uyushgan guruhi kabi o’zining yozilmagan qonunlari bor.Qamoqhonalarda hamma narsa pulga sotiladi va sotib olinadi.Bir buhanka non ham pul.

Aslida davlat ta’minotidagi jazo muassasasida oziq-ovqat mahsulotlari qanday qilib oldi-sotdi qilinarkin,deb hayron bo’lmang.

Chunki tashqaridan homiy tashkilotlar ajratgan mablaglar,tashqaridagi ”qora yo’l” bilan ishlab zonaga kiritiladigan oziq-ovqatlarga zona rahbariyati tekinga zona mahbuslari tayyorlagan mahsulotlarni ayirboshlaydi.

Kiyim-kechakdan tortib,marmar plitagacha,oyoq kiyimlaridan tortib,temir-beton buyumlari,turli sovgabop qorako’l matohlar,yodgorliklar bularning bari ”qora yo’l” bilan tashqariga sotiladi.

Huddi quritilgan o’rik misoli eti suyagiga yopishgan mahkumlar esa bir kosa yovgon uchun 2-3 smena,goho sutkalab tekin ishlashadi. Quldorlik tuzumi davrida ham tarihda yozilishicha hoja qulining kiyim-kechak,jilla qursa ovqatdan kamsitmagan.

O’zbekistonda esa bir gala jinoyatchilar in qurgan ”zona”,deb ataladigan joyda ”zek”lar hisobiga boyish yo’liga o’tishgan.Ahir suv boshidan loyqa,baliq boshidan sasiydi,degan naqllar topib aytilganda. Bo’lmasa ularning tanobini tortib qo’yadiganlar o’zlari haromho’r,poraho’r bo’lgandan keyin boshqalari nima ham qilar edi.

Ichkaridagi zeklar qarindosh -uruglar tishining kavagidagi ”qamoqda qiynalmasin”,deb yuborgan bir quti sigareta,yohud bir dumaloq choylariga ham goho egalik qilomaydilar. Zona zobitcha-laychalari biror-bir mahkumda sigaret yo choy borligining hidini bilib qolsa qildan qiyiq topib:”Tugmangni hammasini qadamabsan,safda non chaynading,ko’zing sagal bejo” kabi ayblar bilan ma’muriy jazoga tortaman,deb p’opisa qila boshlaydi. Tezroq ozodlikka chiqaman,degan bechora zek zobit laychaga o”sha bir quti sigaret yo choyini berib qutuladi.

Zonada sigaret va choyning qadri baland.Bir quti sigaretaga bir buhanka non olish yoki yarim kilo shakar olish mumkin.3 quti sigaretaga esa 2 kishi to’ygulik palov masalligi olish mumkin.Lekin uni pishirib eyishda muammo bor har qadamda pusib turgan nazoratchilar bir zumda paydo bo’lib osh pishay ,deb turgan qozomchangizni olib yo’lga tushib qoladi.Bu nazoratchi osh egisi kelgani uchun emas uni tayorlayotgan mahkum nazoratchi ortidan borib”jon ”nachalnik” qaytarib bering narusheniya(jazo)yozilib qolmasin mana bir quti sigaretni oling , desa nazoratchi ko’targanicha tosh qo’yib ko’radi.2-3 hatto 5 qutigacha sigaret olishi mumkin. Endi oshni damlay,deganda yana bir boshqa zobit yo nazoratchi kelib qolishi mumkin.

Endi uni tinchitib hayriyat osh pishdi,degb oshamoqchi bo’lib turganda tarbiyaviy ishlar bo’yicha kattakon zobit kelib qolishi miumkin.U katta,unga katta uzatmasa bo’lmaydi.U faqat ”ko’k”idan oladi holos.Hullas osh mashmashasi hazm bo’lguncha ham zek bechora tinmaydi.Kimlardir uning osh eganini zona mulozimlariga chaqib qo’yishi mumkin.Qashshoq zek osh eganiga pushaymon eydi.

Zobit va zona ”katta’lari bilan hamtovoq bo’lganlar esa har kuni osh eydi,aroq ichadim,nasha chekadi.Unday olgir zeklarni hech kim mushugini pisht deya olmaydi.Ana shunaqa zonada mayda valyuta bu zeklar tilida”choy-chekish”dir.

 

 

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: