ZINDON

qamoq1.jpg9.ZONA

Nihoyat karantindan jismonan va ruhan sindirilgan,liqqilagan ”zek”lar zonaga chiqariladilar.Zona o’zi qanday ?

 Zona  qattiq tartib o’rnatilgan muassasalarda 3 yoki 4 bo’lim(sektor,deb yuritiladi)panjaralar bilan o’ralgan hovli.Sektorda 4-5 turkum(otryad deb yuritiladi)larga bo’lingan baraklardan(yotar joy) iborat.

 Ichki qoida va qonunlarga ko’ra baraklarda eng ko’pi bilan 2 qavat(yarus)karavot qo’yish mumkin holos.Lekin O’zbekiston zonalarida 4 qavatli karavot o’rnatilgan.Unda ham pastdagi qavatlarda zona mulozimlariga hizmat qiluvchilar,tepada esa bir karavotda 2 kishidan boshqa mahkumlar(zona hizmatchilari tilida sassiq,bit bosgan zeklar )yotadi.

 Turkumlardagi mahkumlar 25-30 kishidan brigadalarga bo’linib bir brigadir (mahkumlardan)bosh bo’ladi.Brigadir zonada “bugor”,deb ataladi.Bugor tartibbuzar mahkum,yo o’ziga yoqmagan mahkumlarni zona zobiti,turkum boshligiga sotib ,jazolatib turadigan ‘zek”.

 Zona.Zonada O’zbekiston mamlakatining tashqi qiyofasini yaqqol bir maket misolida ko’rish mumkin.

 Masalan,”Hozyainn”-hojayin”.Zona boshligi.Hamma-zobitlar-u qimirlagan jon-u ,qo’yomgki hamma narsa uning izmida.Zonada ”Naryadnaya”,degan mahkumlar boshqaradigan tashkilot bo’lib u Vazirlar Mahkamasiday gap.Hamma zona faoliyati shu tashkilot rahbari mahkum va zona boshligining ko’rsatmasi ostida faoliyat yuritadi.

 Oshhona mudirligi uchun naryadniy boshligiga 2000 ming AQSH dollari bergan mahkum bosh bo’ladi.Hojayin naryadchik qanchasini beradi aniq emas.Hammom mudirligiga 500 dollar,klub mudiri 300 dollar.Kutubhonachi 100 va yana ko’proq bera oladigan davogar chiqib qolsa undan ham ko’proq ,ombor mudiri 1000  AQSH dollari.Va endi u joyga oddiy oshpaz,ishchi bo’lib kirish uchun lavozimga qarab pora berish kerak.Masalan,oshhonaga oddiy idish -tovoq yuvuvchi bo’lib ishga joylashis 100 AQSH dollari.Qolganlarini bilib olavering.U pul berganlar jazo muddati tugaguncha hech biri ishlay olmaydi.Chunki zonaga yangi kelayotgan ichida puldor”ogrilar” tez-tez yangi etapda kelib turadi.Avvalgi ishlayotganlarga biror-bir ayb bilan ishdan quviladi.Zahirada puli bo’lsa yangi nomzoddan ko’proq bo’lsa o’rnida qoldiriladi.

 Qolgan ”sassiq zeklar”,deb ataluvchi puli yo’q zeklar beton qorish,doimo chang yutib olti oyda o’pkasi chrib o’lishi mumkin bo’lgan seh -shahobchalrad ishlashadi.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: