TAHRIRSIZ MAKTUBLAR:Shoir emasman, lekin…

xatlar1.jpg Men shoir emasman. Oddiy bir andijonlikman. Maqola yozmoqchi edim, she’rga aylanib ketdi. Ma’qul ko’rsangizlar chop etarsiz.

 

 

 

Munofiq bo’lolmasman 

Andijonda odamlar,

Haqqin talab qilganda.

Erlari uyda qolib,

Ayollari chiqqanda.

Uyimda yotolmadim,

Munofiq bo’lolmadim.

 

Askarlar qatorlashib,

Onalarni otganda.

Ne-ne murg’ak go’daklar

Jonsiz erda yotganda.

Ko’zimni yumolmadim,

Munofiq bo’lolmadim.

 

Tuni bo’yi askarlar,

Odamlarni otganda.

Tongda murdalarini,

Kamazlarga ortganda.

Ont ichdim haqni aytmoq,

Munofiq bo’lolmadim.

 

Halqni bir bir oldilar,

So’roqlarga soldilar.

Kimdir aytdi. “Men ko’rdim,

Akromiylar otdilar!”.

Men bunday deyolmadim,

Munofiq bo’lolmadim.

 

Ushladilar meniham,

Tashladilar bir zindon.

Dedilar “Sen Akromiy, hoin,

Urdilar chunon chunon.

Dedim “Mayli bo’layin hoin.

Munofiq bo’lolmasman!”

 

Dedilar “Ey essiz nodon,

Nechun o’zing qiynaysan?

Akromiylar otdi desang,

O’z joningni asraysan.”

Jonimni o’ylamasman,

Munofiq bo’lolmasman.

 

Yo’l  oldim G’arb  tomon,

Kordim ko’p O’zbeklarni.

Dedilar “Bizmiz qahramon,

Qozg’otgan bizmiz halqni.”

Ularni yoqlolmadim,

Munofiq bo’lolmadim.

Dedim “Men ko’rdim ahir,

Sizlardan ko’pi gurollangan.

Hatto gumon qilaman,

Ba’zilari  yollangan.”

Haqni yashira olmadim,

Munofiq bo’lolmadim.

 

Dedilar “So’zlaring yolg’on!

Bo’lmagan buncha qurol!

Qaydan o’ylab topasan?

Kelmoqda bizga malol!”

Boshqacha so’zlolmadim,

Munofiq bo’lolmadim.

 

Dedilar “Bizlar har kun,

Besh vaqt namoz o’qirmiz.

Qur’on, Hadis, Sunnatdir,

Bizni tutgan yo’limiz.”

Ularga qo’llolmadim,

Munofiq bo’lolmadim.

 

Dedim “Men bir gunohkor fosiq,

Tiyolmasman o’zimni.

Qalbim tangriga ayon,

Aldolmasman Robbimni”

Riyokorlik qilolmadim,

Munofiq bo’lolmadim.

 

Dedilar “bu ayg’oqchi sotqin,

Davlat o’zi yuborgan.

Hatto chin guvohlarning,

Niqobin kiyib olgan.”

Men niqob kiyolmayman!

Munofiq bo’lolmayman!

 

Vo ajab endi bu on,

Qaytmoqdalar uy tomon.

Bu ishi hiyonatligin,

Tan olmaslar hech zamon.

Men nechun qaytolmadim?

Munofoiq bo’lolmadim?

 

Qaytdilar bir nechtasi,

Kegin yana anchasi.

Tuhmat qilib G’rbga,

Tupurdilar sharmga.

Men bunday qilolmasman!

Munofiq bo’lolmasman!

 

  G’ulom Andijon.

 

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: