ZINDON

qamoq1.jpg 4.ETAP

Hukm o’qilgan. Hohlaysizmi yo’qmi endi uni ijro etishadi. Hukm o’qilgach,dastlab gumondor,keyin ayblanuchi,so’ng sudlanuvchi mahbusdan endi jazo o’tovchi mahkum ”zek”ka aylanasiz. Shu bois endi sizga avvalgidan ham ko’ra gayriinsoniy munosabatda bo’la  boshlashadi. 

O’zbekistondagi zonalar ,deyarli barchasi ham bir hil sharoitli emas. Masalan Toshkent viloyatining Bekobod shahridagi zona ”mentovckoy”, deb ataladi. U zonada prokuror,ichki ishlar,sudda ishlagan kishilar muddat o’taydi.Boshqa shahar va manzillarda qolgan boshqalar. Lekin har bir zona o’ziga yarasha mavqega qarab mo’ljallangan.

Masalan Chirchiq, Tovoqsoy zonalari tabiatan qulay bo’lgani uchun o’sha zonalarga jazo o’tash uchun 100 dan to 500 AQSH dollari miqdorida pora berish kerak. Zangiota zonasiga tushish uchun 200 dollar va ko’proq ham olishaveradi.Sizning ortingizdagilar qancha himmatli bo’lishsa o’shanga qarab qamoqhonadagilar tosh qo’yib borishaveradi.

Endi hamyoningiz bo’sh bo’lsa qamoqhona mulozimlarining sizga nisbatan qanday munosabatdaligiga qarab: Navoiy shahridagi kimyo zavodi yonidagi zonaga,Qarshi, Qorovulbozor,Jasliq va hakozo zonalarga jo’natilasiz.Navoiy zonasiga jo’natilganlarga yo’lga chiqishidan oldin qamoqhona mulozimlari o’z munosabatlarini bildirishadi:sen 3 oyda o’lasan,sen esa 6 oyda,sen soglom ekansan 1 yil nari-berisida o’lasan,deb ”fotiha” berishadi.

Hullas etap kuni mahkumlarni yuqorida aytganim voronokka yuklab temir yo’l vokzalidagi mahsus vagonlarga olib chiqishadi.U ”vagonzak”,deb atalib u mustahkam jihozlangan.Har bir kupe,agar filmlarda ko’rgan bo’lsangiz yirtqich hayvonlarni tashishga moslashtirganday panjarali qafaslardan iborat 4 kishilik kupega 20-25 kishini joylashtirishadi.Havo etishmasligidan yuragi,nafas yo’llari hastalar bo’gilib o’lishadi.Ular o’lgach darhol olib chiqib ketishmaydi.”Toshturma”ga etgach ”ie,manov o’lib qoptiku”,deya bir chetga tepib surib qo’yishadi.Tirik mahkumlar ularga insof so’rasa baloga qoladi.Insof so’raganni o’lguncha tepkilishadi.

 Etapda tirik qolganlar endi o’sha mashhur ”Toshturma”da navbatdagi ,qaysi zonaga olib ketishlarini kutadilar.”Toshturma”dagi etap kutuvcchilar qismi ”peresilka” deb ataladi.Peresilkada ko’z ko’rib ,quloq eshitmagan voqea-hodisot,garoyibotlarni ko’rasiz.Aravachalarda qamoqhona nazoratchilari bilan birga mahbuslar aravachalarda bozordagi kabi ”kimga nasha,kimga aroq”,deya savdo qilishadi.Vagonzakdagi chontak tugul hamma kiyimingiz avra-astari agdarilgan b’oladi-yu ba’zi odamlar qanday qilib dollar olib o’tganiga aqlingiz lol qoladi.Puli bor,kayf-safoga o’chlar narkotik,sharob istemolidan so’ng husher mahkumlar ustidan ”hukmronlik”ni boshlab yuborishadi.Husherlar va mast-alastlar o’rtasida hayot-mamot jangi boshlanadi.

So’zga chechanlar ”razbor”ni boshlab yuborishadi.Hullas ”peresilka”dan butun chiqib ,zonaga qarab boryapsiz. Zonaga poezddan so’ng yana “voronok”(mahkumlar tashiydigan avto)da zonaga olib kelishadi. Albatta atrofingizda itlar va ularning avtomat osib olgan sohiblari qo’riqchiligida.Voronokdan tusha boshlashingiz bilan baquvvat harbiy kiyimdagi sportchi zona hodimi tepkilar bilan kutib oladi. Bu jazoni ijro etish muassasiga hush kelibsiz,deyishgani. Bu endi zona…

                                                              Rizo OBID

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: