ZINDON

 3.YERTO’LA

rizo_obid_vaslavske.jpgTergovchi sizga o’ylab ko’r, deb ketgach ayrimlar ”ha, mayli jinni bo’lsam bo’lib qo’ya qolai”, deya jinnihonaga jo’natishlariga rozi  bo’ladilar. Bundaylar u erdan haqiqiy jinni bo’lib chiqishadi. Bunday ko’rgulik,qismat nega ular taqdiriga yozilgani o’lgunlaricha o’zlariga ma’lum bo’lmay sirligicha qolaveradi. Ana O’zbekiston IIV Zokir Almatov ham huddi shunday tashhis bilan iste’foga chiqdi.

Endi, ”yo’q, men soppa-sogman, jinni emasman”, deb qat’iy turib olgan kishiga ohir-oqibat turli qiynoqlar bilan jinoyat yopishtiriladi. Illo hech bir hibsga tushgan mahbus oqlanib chiqmaydi. 1000 AQSH dollaridan to’qilgan jinoyat moddasi og’ir -yengilliga qarab 10,15,20,100 minggacha va sizning zahirangizdagi pulga qarab to o’sha pulni hammasini organ hodimlariga topshirib bo’lmaguncha o’yin ketadi.Va sizning zahirangiz tugagach insof qilishsa 3 yilga shartli jazo belgilab zindonning yerto’lasidan quyosh o’rar joyga chiqarilasiz. Lekin bunaqasi g’oyat kamdan -kam uchraydigan voqea. Chunki buncha puli borlar qamalmasdan turib jamgarmasini topshirib qutuladi. Qamoqda asosan puli yo’q qashshoqlar o’tiradi,

Siyosiy ayb qadalgan bo’lsa u holda million pul ham yetmaydi. Siyosiy ayblov qoyilgan bo’lsa sud ham tez, eng ichida o’tadi. ”Voronok”(mahkumlarni turli manzillarga tashish uchun mahsus jihozlangan mashina) voronokda ham mahsus “stakanchik”, deb ataladigan yarimta odam sigadigan joyga buklab olib kirib sud binosi hovlisiga olib chiqib u yerdan sud hukmini konvoy (konvoy–mahbus nazoratchilari) olib chiqadida qaytarib zindonga olib kelib qo’lingizga bir qog’ozni tutqazishadi. Bu qog’oz hukm.Unda sizni 10-15 yilga ozodlikdan mahrum etish yozib qo’yilgan. Bu hukm bilan tanishib chiqib endi hayratlanmaysiz. Chunki sizdan avval zindonga tushganlar bunday hukm olganlarini ko’p marta ko’rib ko’nikib qolgansiz.

Yuqorida qiynoqlar bo’ladi.deb aytdim.Uning turlari qanaqa bo’ladi,deyuvchilarga shuni aytmoqchimanki,Karimovning nayranglari qancha bo’lsa qiynoqlar ham shuncha. Ba’zida Karimov o’zi havfli,deb bilgan raqibi o’tirgan hibshonaga kirib muholifining qo’l-oyogini kishanlagan holda qo’lqop kiyvolib shahsan kaltaklab chiqib ketishi ham mumkin. Endi bu Karimovga ”havflilik daraja”ngizga bogliq.Endi qo’lingizni ogir temir shkaf(seyf), yo oyoq-qo’lingizni kishanlab skameykaga yotqizvolib ”dubinka”(rezina tayoq bilan kaltaklash,tirnoqlarni sugurib olish,ko’zingizga qo’l tiqib olish, oyoq-qo’lni sindirish,tishlarni qoqib olish, tilni sugurib olish,umrtqani sindirish….Turi ko’p. Sanab adogiga etish qiyin. Hayron qolasiz. Bu qiynoqlardan it o’lishi muqarrar,siz esa tiriksiz. Siz tiriksiz. Oradan yil o’tib taptayyor mahbusdan mahkumga aylanasiz .Endi sizni oldinda “zona ” kutmoqda. Qamoqhona ko’rguliklaridan talaygina kasalliklar,jarohatlar bilan birga ajratilgan muddatni olib ”etap”, deb ataluvchi kunni kuta boshlaysiz.

RIZO OBID. 

%d bloggers like this: