Munosabat: Ismsizga javob

uzbek_senzura2.jpgamerika-ovozi1.jpgIsmsiz bir kishi “Amerika ovozi” xalqimiz bilmay qolayotgan mavzularni kutarmoqda deb yozibdi. U kishining gapi yolg’onligini bu radio saytidan olingan bitta maqola bilan isbot qilmoqchiman. Bunaqa maqolalar har kuni beriladi. Radio muxbiri Navbahor Imamova Turk tilida gaplashadigan davlatlar rahbarlarining Antaliya sammiti haqida maqola tayyorlab unga “Turkiy davlatlarning asosiy muammosi demokratiyadir” deb sarlavha qo’ygan.

Men asosiy gap O’zbekiston haqida borsa kerak deb o’ylgan va Karimovning nega bu anjumanga bormaganiga qiziqdim. O’zbekistonda ham hamma shu ikki masalaga qiziqib javob topolmayotgani aniq. Ismsiz kishi maqtagan “Amerika ovozi”, aniqrog’i uning muxiri Navbahor Imamova xuddu shu ikki masalani chetlab ketgan. U suhbatdoshidan hamma narsani so’ragan ammo eng muhim bo’lgan shu ikki masalani so’ramagan. O’zbekistonda demokratiya yo’qligini ham aytish bularni vazifasi edi-ku! Aytmaydi. So’ramaydi. Turkiya va Xitoy haqida gapirib O’zbekistonni gapirmaslik bu mana dunyoda hech qayerda demokratiya yo’q deb MXXga xizmat qilsih emasmi? Shu xalqqa yo’l ko’rsatish!

So’rasa O’zbekistondagi qarindoshlariga qiyin bo’ladi-da! Manimcha qarindoshdan ham muhimroq bo’lgan masala bor. Bu diktaturaga xizmat qilishdir. U mana shu yo’lni tanlaganga o’xshaydi. Ishonmaysizmi, mana o’zingiz o’qib ko’ring va nega O’zbekiston haqida gap yo’qligini o’ylab ko’ring. O’zingiz ham bular demokratiya dushmanlari va diktatura dos’tlari, bularni o’rni “QORA KITOB” deb qolasiz.

G’ayrat Mirzo, Demokratik O’zbekiston Kongressi bohsqaruv hay’atining a’zosi.

Turkiy davlatlarning asosiy muammosi demokratiyadir



17/11/2006

Bugun Turkiyaning Antaliya shahrida turkiy davlatlar anjumani ochildi. Unda yonilg’i boyliklari bo’yicha hamkorlikni kengaytirish hamda hamdo’stlik tuzish muhokama qilinishi kutilmoqda.

Sammitda Turkiya, Ozarbayjon, Qozog’iston va Qirg’iziston rahbarlari hamda Turkmanistonning Turkiyadagi elchisi qatnashmoqda. O’zbekistondan biror bir vakil borligi haqida xabar yo’q.

Qirqqa yaqin kattayu-kichik elatlardan tashkil topgan turkiylar orasida sobiq Sovet Ittifoqi barham topganidan beri hamkorlik kuchaygani kuzatiladi.

Temur Xo'jao'g'li
Temur Xo’jao’g’li Istanbuldagi Ko’ch Universitetida markaziy Osiyo bo’yicha dars beradi. O’zbek millatiga mansub bu olim nazarida turkiy davlatlar dmeokratiyaga quchoq ochishdan bosh tortmoqda.

Biroq ko’plab mutaxassislar va turkiy faollar nazarida, tili ko’p jihatdan o’xshash xalqlar siyosiy va iqtisodiy jihatdan birga ishlashga qiynalmoqda.

Istanbuldagi Ko’ch Universitetida Markaziy Osiyo bo’yicha dars beruvchi, o’zbek millatiga mansub professor Temur Xo’jao’g’lining aytishicha, muammolar talaygina.

“Ular ichida eng muhimi nima desangiz, demokratiya bo’ladi. Bu Turkiya uchun ham, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo respublikalari uchun ham dolzarb masala.”

Turkiya davlat sifatida 1923 yilda tarkib topgan. Biroq 1950-yillargacha bu mamlakatda ko’p-partiyaviylik tizimi bo’lmagan. Turkiya bugungi kunda demokratik davlat deb qaralsa-da, Yevropa Ittifoqiga kirish yo’lida uning demokratik talablariga javob bera olmayapti. Mustaqillik Ozarbayjon va Markaziy Osiyo xalqlari uchun ham erkinlik olib keladi, deb umid qilingandi, deydi Temur Xo’jaog’li.

turkiy tilda soz'lashuvchi xalqlar
Manba: AQShning Nyu Meksiko Universiteti

“Bu davlatlar mustaqillikdan 15-16 yil o’tib ham demokratiya sohasida [olg’a] qadam tashlamagan. Albatta, demokratiya bir kunda yoki bir kechada bo’lmaydi, biroq olg’a qadam tashlash kerak.”

Mutaxassislar nazarida ba’zi turkiy davlatlar demokratiyaga tinchlikka rahna, so’z erkinligiga esa ommani ularga qarshi qo’zg’atuvchi kuch sifatida qaraydi. Yana bir bahona – xalqning demokratiyaga tayyor emasligi, deydi Temur Xo’jao’g’li.

“Xitoyga qarang, 1949 yildan beri shu gapni aytib kelyapti. Hali ham demokratiyaga tayyor emas. Kuba ham tayyor emas. Shimoliy Koreya ham tayyor emas. Bu orada esa Janubiy Koreya qanday tayyor bo’ldi? Xalqqa imkoniyat berildi. Imkoniyat berilmasa, xalq qanday tayyorlanadi?“

Til va madaniyat birligi haqida gapirishning vaqti o’tgan, deydi Temur Xo’jao’g’li. Bu bilan xalqlarning qorni to’ymaydi. Konkret loyihalar, iqtisodiy rejalar va ularni nazorat qiluvchu tizimlar barpo etilishi kerak. Iqtisodiy birlik taraqqiyot kaliti, deydi olim.

“Iqtisodiyotga tayanmasa, unda o’sha madaniyat va boshqa narsalarning kuchi yo’q. Yevropa Ittifoqi negizida iqtisodiyot yotadi. Turkiy davlatlar o’rtasida tarixiy, madaniy va diniy yaqinlik bor, lekin buning o’zi yetmaydi. Iqtisodiy yaqinlik ham kerak. Har bir turkiy davlat manfaatini nazarda tutuvchi siyosat bilan chiqish kerak.”

%d bloggers like this: