Munosabat: Bu ham Karimovning kashfiyoti emasmikan?

rizo_obid_vaslavske.jpgDO’K saytida e’lon qilinayotgan har bir habar, maqola, nazmiy, nasriy, qo’yingki qaysi janrdagi bo’lmasin asarlarni o’qib-o’rganib boraman. Ayniqsa, ”TURONZAMIN” ro’znomasi sahifalarida e’lon qilinadigan dolzarb mavzularni intiqlik bilan galdagisini kutaman.Taniqli siyosatshunoslarning sahifada chiqishlari, Jaloliddin va boshqa hoizrjavob qalmkashlarning ishonchli dalil-isbotli keskin maqolalari men suhbatlashgan o’quvchilarning ko’pciligini nazariga tushgan va ular ustida fikr-mulohazalar yuritishadi.

Masalan,Jahongir Muhammadning ”Karimovning ”kashfiyotlari” asari orqali diktatorning haqiqiy, asl basharasi ko’rinsa, Jaloliddining maqolalari uni yanada yaqqolroq ko’rsatadi.

Muhammadbobur Malikov aytganday ”….Karimov nayranglarini hammasini aytib adogiga etib bo’lmaydi….” shekilli, nazarimda.

Bunday deyayotganimning boisi shundaki Jaloliddinning ”Ota-yu qiz janjali” maqolasini o’qigach, bu ham Karimovning galdagi nayrangi emasmikan, deb o’ylab qoldim. Chunki sobiq sovet respublikalarida shunga o’hshash nayranglar tez-tez ishga solinib amaldagi Prezidentlarning o’gli yo qizi,yoki biror-bir yaqini tahtga kelishi sinovdan o’tkazilyapti.

Masalan, Ozarbayjonda Haydar Aliev Prezidentlikni o’g’liga me’ros qoldirdi.

Qozogiston Prezidenti Nursulton Nazarboevning qizi Dariga Nazarbaeva tahtni egallash uchun hamma shart-sharoitlarni yaratib qo’ydi.

Ho’sh Karimovning vorisi kim bo’ladi? Ko’pchilik Karimovni yaqindan biladigan va uning maqsadlarini uzoqdan ko’ra oluvchilar ”Karimov o’lguncha tahtni bermaydi”, degan fikrni aytishmoqda.

Siyosatda ehtimol, degan atama ham bor.S hu ehtimolga ko’ra Jaloliddin maqolasida tasvirlangan sahna: ya’ni ota-yu qiz mojarosi Karimov nayranglaridan biri emasmukan ,degan ehtimoldan yiroqmasday tuyuladi.

Saylov yaqin. Kimdir Karimovga muholif chiqishi kerak. Chunki keyingi paytda Karimov hukumati muholifat, degan atamani tez-tez takrorlay boshladi.

Karimovning qizi bilan o’zaro kelishmovchiligi birinchisi emas. Avvalroq ham Gulnora Karimova oltinlarni o’marib qovun tushirganda ota-yu-qiz giji-biji qilib olishgandi.

Ehtimol bu galgi giji-biji ham shunchaki maishiy hodisadir. Lekin ko’pchilikka ayonki Karimov haliku qizi ekan otasi yo onasi qayta tirilib kelsa ham tahtdan voz kechmaydigan zot. Yana kim biladi deysiz. Karimov tahtni saqlab turish uchun nayranglari oldida shaytonning ham oyog’i sinib qoladiku.

RIZO OBID.

%d bloggers like this: