Demokratiya dushmanlari:“Amerika Ovozi”

 

amerika-ovozi1.jpgAldashga Amerika yaxshimi?

Jaloliddin, Toshkent. Amerika elchixonasining Resurs markazida vebsaytlarni ko’rib o’tirar ekanman xayolimga “Amerika Ovozi” degan radio yopilib ketgandi yana ish boshlabdi, balki vebsaytiuzbek_senzura1.jpg bordur degan gap keldi. Topdim. Bor ekan. Ochsam Navbahor Imamova degan juvonning rasmi chiqdi. Uni boshiga tiqillatsam, gapning ochig’i “shok” bo’ldim. Ular o’zbek tilida teleko’rsatuv uzatisharmish. Jurnalist bo’lganimga uyalib ketdim. Nahotki bexabar qolgan bo’lsam? Yoki O’zbekistonda demokratiya boshlandimi? Saytni qayta-qayta o’qiyman:-“Amerika Ovozi” O’zbek xizmati radio qatorida, televizion va internet axborot vositasi hamdir.

2003 yilning 1 dekabridan e’tiboran tayyorlanayotgan ko’rsatuvlar sun’iy yo’ldosh orqali O’zbekiston, Qirg’iziston va Afg’onistondagi mahalliy televizion kanallarda namoyish etilmoqda.

“Amerika Manzaralari” nomli haftalik teledasturlarda xalqaro maydondagi dolzarb masalalar, AQSh tashqi siyosati va AQSh-Markaziy Osiyo aloqalari yoritiladi. Shuningdek, Amerikadagi siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy o’zgarishlar aks ettiriladi. Dasturlardan ilm-fan, salomatlik, tabiat, sport, kino va musiqiy mavzudagi lavhalar ham o’rin oladi.

-Bunisi holva ekan. Ularning hamkorlari ham bor emish. Ko’zimga ishonmayman. Yana o’qiyman:

Quyidagi jadvalda hamkorlarimiz bilan tanishing.

TV MARKAZLAR

SHAHAR, VILOYAT

 

 

Mezon TV

O’sh, Qirg’iziston

 

Keremet TV

O’sh, Qirg’iziston

Oyna TV

Mozori-Sharif, Afg’oniston

30 Kanal

Toshkent shahri

Aloqa TV

Guliston, Sirdaryo viloyati

Denov TV

Denov, Surhondaryo viloyati

Qizilqum TV

Qizilqum, Navoiy viloyati

Marg’ilon TV

Marg’ilon, Farg’ona viloyati

Osiyo TV

Vobkent, Buxoro viloyati

Samarqand TV Xalqaro kanal

Samarqand, Samarqand viloyati

To’rtko’l TV

To’rtko’l, Qoraqalpog’iston

O’zbekiston Kabel TV

Toshkent

Muloqot TV

Qo’qon shahri

Istiqlol TV

Buxoro shahri

O’zbekiston Davlat TV- Sport kanali

Toshkent va boshqa viloyatlar

Darhol tanishlarimga telefon qilaman. Hech kimning xabari yo’q. Ro’yxati berilgan televidenielarda ishlagan tanishlarimga telefon qildim. Tushlariga ham kirmagan. Keyin tajribali bir jurnalist akamiz tushuntiirb berdilar.

-Amerika hukumatini aldab pul olish uchun qilingan ish bo’lsa kerak. Amerikaliklarni hamma laqillatadi. Shularning qatorida Javdat Sayxon,(Cevdet Sayhan) Odil Ruzaliev va Navbahor Imamova ham.

Bu boshqa jurnalist akamiz qo’shimcha qildi:

-Menimcha ular quda tomonga ishlashmoqda. Amerika hukumatiga mana O’zbekistondagi shuncha televideniye bilan hamkorlik qilmoqdamiz deyishsa, ular, demak, O’zbekistonda oz bo’lsada matbuot erkin va oz bo’lsada demokratiya bor deb o’ylashadi,-dedi.

Xullas, kim kimni aldamoqda? Nahotki, aldashga Amerika yaxshi bo’lsa? Buning kaltagi ham boshimizga kelib tushmasa bo’ldi edi?

Shundan keyin men ham bularni yilda bir e’lon qilinadigan Demokratiya dushmanlari ro’yxatiga qo’shib, nomlarini va qilmishlarini “QORA KITOB”da nashr etish kerak degan taklifni qo’llashga qaror qildim.

 

%d bloggers like this: