Nuqtai nazar

rizo_obid_vaslavske.jpg

O’ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI NEGA O’ZGARTIRILYAPTI?

Nega? Buning sabab-mohiyatini anglash uchun humday kallali siyosatchi bo’lish shart emas. Uni Karimov ,degan shahsning tahtda qolish yo’lida tinmay qator yillardan buyon turli nayrang-u jinoyatkorona siyosat olib borayotganidan yaqqol ko’rish mumkin.

 Qaysidir,qandaydir qaror yohud qonun qabul qilinsa ozgina muddat o’tib u Karimov manfaatiga hizmat qila boshlaydi.O’zbekiston teleradiokompaniyasi,”Ozodlik”radiosi to’lqinlarida deyarli har kuni Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgartirishlar beradigan samara hususida eshittirishlar tayyorlanmoqda va tinglovchilarga umidvorlik uygotuvchi fikrlar etkazilmoqda.

 Afsuski O’zTRK ham,”Ozodlik” ham , bir kalima bo’lsada: ‘muhtaram tinglovchilar O’zbekistonda hojako’rsinga qabul qilingan qaror-u qonunlar qatorida bu galgisi ham Karimovning kelgusida o’zining manfaati uchun hizmat qilishi mumkin. Chunki 2007 yilda Prezidentlikka saylov(unga nihoyatda oz vaqt qoldi)bo’lsa bu gal Karimov bu saylovlarda ishtirok etishi har qanaqasiga mumkin emas. Butun o’zbek halqi bayroq ko’tarib Karimovdan boshqa Prezident kerak emas ,deb ko’calarga chiqib namoyishlarni boshlab yubormasa. Mabodo agar siyosiy o’yinlarni qoyilmaqom qila oladigan Karimov rejimi mehanizmi bunday o’yin stsenariysini tayyor qilib qo’ygan bo’lsa ajablanmasa bo’ladi.Lekin bunday qilish mabodo qo’l kelmasa unda Konstitutsiyaga kiritilgan o’zgartirishlar ishga tushadi.Bu endi goyat ishonchli nayrang. Mana u qanday.

 Saylovdan oldin Prezident o’zi yaratgan Fotima-Zuhralarday bir-biriga uzukka ko”z qo’yganday Hasan-Husan partiyalari etakchilarini huzuriga chaqiradi va aytadi:mana saylov yaqin.Kimni Prezident qilamiz?Bosh vazir kim bo’ladi?

 Egizak partiyalarning bir vakili(kim so’z olishi avvaldan kelishib Karimovga tasdiqlatib,nima deyishi yozib berilgan)so’z oladi va: ”Saylov bo’lsa bo’lsin ,lekin siz bizning otamiz,rahnamoyimizsiz,siz o’zingiz davlat boshqaruvida qolmasangiz bo’lmaydi!”.Gulduros qarsaklar yangraydi. Bir ovozdan Karimovni Bosh Vazir etib tanlashadi.Endi Karimov qo’liga o’zi o’zgartirishlar kiritgan Konstitutsiya yana hizmat qila boshlaydi. Yangi Prezident esa Karimovning qo’girchogi rolini o’ynayveradi. Mana sizga oddiy echim. Nega Karimov Konstitutsiyaga o’zgartirishlar kiritdi. Yo bunday emasmi?

 Rizo OBID

%d bloggers like this: