OTAYU QIZ ARTISTLAR

gulnora.jpgKarimovning qizi Gulnora bejiz yalla ayta boshlamagan ekan.Ularning urug’i yallachilardan ekan chog’i. Karimov Xorazmga tashrifi chog’ida raqsga tushib laganbardorlar qarsaklariga sazovor bo’ldi.

Yaqinda qiziga xalq artisti, o’ziga halq raqqosi, degan unvon berish to’g’risida farmon e’lon qilib qolsa ajab emas?!

.iak_raqqos.jpg..Qo’shning tinch-sen tinch, degan naql bor. Biroq qo’shni Qirgizistonda odamlar jon olib, jon berib haqqa intilayotgan bir paytda o’zbek poshshosi o’yinga tushib yurgandi.

Yo ,”dunyoni suv bossa o’rdakka ne g’am”, yohud “toshga yomg’ir kor qilarmu muttasil yoqqan bilan “, deganlaridak, o’z xalqini otishga buyurgan shoh uchun qo’shnining notinchligi bir pulmikan?

O’zbek poshshosi  siyosatda o’yinchi ekanini hamma bilar edi, lekin san’at sohasida ham oyinchiligi unchalik ajablanarli bo’lmasada, ammo baribir och-nahor xalq “men ne deyman-u, qo’bizim ne deydi”, deganday hayratda qolgani aniq.

O’zbekning surbet xoni o’yinga tushgani yaxshi. Chunki, mabodo diktator Saddam Husayn yaqinda osilgandan keyin boshqa bir diktatorga navbat kelishi mumkin-da! A, nima dedingiz?

Lekin hali-hamon o’zbekning kuni otayu qiz artistlarning qo’lida qolayotgani  kishini o’rtab yuboradi.

Rizo OBID

%d bloggers like this: