Jahongir Muhammad:DEMOKRATIYA VA MODERNIZATSIYA

HAJVIYA

 

ia1.JPG2006 yilning 8 Noyabirida Aldarko’sa Parlamentga kiritgan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida” qonun loyihasiga hajviy takliflar.


LOYIHADA:Siyosiy partiya fraksiyasi — siyosiy partiyadan ko’rsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan deputatlar birlashmasidir.

TAKLIF: Partiya kalimasi Aldarko’sa deb tuzatilasin!

LOYIHADA: Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo’li (kursi) va dasturi yoki uning ayrim yo’nalishlariga qo’shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek, saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar o’zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin.

TAKLIF: Ular darhol chet eldan siyosiy boshpana olishlari yoki Jasliqdan o’zlariga joy “zakaz” qilishlari mumkin!- deb qo’shib qo’yilsin.

LOYIHADA: 3-modda. Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosarlarini saylash tartibi

TAKLIF: Raisni Aldarko’sa tayinlaydi, jumlasi unutilmasin.

LOYIHADA: Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.

TAKLIF: Agar Aldarko’saning tasdig’idan o’tmagan bo’lsa, ovoz berish mashinasi ishlatilmasin, deb yozib qo’yilsin.

LOYIHADA: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senati taqdim etilgan O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini uch marta rad etgan taqdirda, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchini tayinlaydi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini yoki uning palatalaridan birini tarqatib yuboradi.

TAKLIF: Birinchi va ikinchi marotaba rad etishdan keyin qutulib qolganlar bo’lsa, diniy oqimlarga aralashganlikda ayblanib qamalsin! Chunki shundagina ularni juda uzoq muddatga qamab yuborish mumkin! Bu narsa qonunda ochiq yozib qo’yilsin.
LOYIHADA: 5-modda. O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimdan ozod qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan quyidagi hollarda lavozimdan ozod qilinadi: a) Bosh vazirning iste’fo berish to’g’risidagi arizasiga binoan; b) Bosh vazir o’z vakolatlarini bajarishi mumkin bo’lmay qolgan taqdirda; v) O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo’lmaydigan ixtiloflar yuz berganda, shuningdek Vazirlar Mahkamasi bir necha marta O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda; g) Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ko’rib chiqishi uchun taqdim etgan tashabbusiga binoan.

TAKLIF: Aldarko’sa Bosh vazirning orqasiga tepib quvlagani ham uni vazifasidan ozod qilishga asos bo’lishi, Aldarko’saning qizi aytgan gaplardan chiqsa, mamlakatni Rossiyaga sotib yuborishni eplay olmasa ham ishdan quvilishi qonunda o’z ifodaisni topsin!

LOYIHADA: Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o’tkazilgandan so’ng tegishli xalq deputatlari Kengashlariga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.

TAKLIF: Voy axmoqlar, jonlaring nechta, Aldarko’sa konstitutsiyaga yangi kiritgan tuzatish bo’yicha viloyat va tuman hokimlarini to’g’ridan-to’g’ri o’zi ishdan oladi va o’z tayinlaydi. Ko’zlaringni ochlaring va darhol buni tuzatib qo’ylaring!

 


%d bloggers like this: