Karimov saylov tashkilotchilariga “pora” uzatmoqda

Bugun Karimov ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotladi.
U imzolagan Farmonga ko’ra, “Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, yosh avlodni ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi ruhida har tomonlama sog‘lom va barkamol qilib voyaga yetkazish, ularga fan asoslarini hamda zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatishdagi jonkuyarligi, ta’lim-tarbiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun qator o‘zbekistonliklarga faxriy unvonlar, orden va medallar” beriladigan bo’ldi.

Bu bilan zo’r berib saylovga tayyorgalik ko’rayotgan Karimov saylov kampaniyasining mardikorlari bo’lmish o’qituvchilarning bir guruhiga oldindan “pora” uzatgan bo’ldi. Ma’lumki, 28 sentabr kuni O‘qituvchilar va murabbiylar kuni edi. O’qituvchilar bu kunni paxta dalalarida “bayram” qildilar. Ular maoshlari oshishini kutgan edilar. Balki bu tadbir saylov kuniga saqlab qolingan bo’lsa kerak! Chiqmagan jondan umid!
Jaloliddin, Toshkent.

%d bloggers like this: