Saylov silliq o’tishi uchun

oliy_majlis.jpg26-27 sentabr kunlari imi-jimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda prezidentning bugungacha bo’lgan noqonunuy harakatlarini dunyo ko’z oldida go’yoki qonunlashtirish uchun bir qancha hujjatlar Qonun deb e’lon qilindi. Jumladan:

-«Moliya-iqtisodiyot, soliq sohasidagi jinoyatlarga, jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish kuchaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»

– «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun ham darhol qabul qilindi. «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida»

-«Axborotlashtirish va ma’lumotlarni uzatish sohasida sodir etilgan qonunga xilof harakatlar uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunlalrning nomiyoq ko’p narsani anglatadi. Saylov silliq o’tishi uchun olingan tadbirlardir bu!

Jaloliddin, Toshkent.

%d bloggers like this: