O’zbekistonda Tayland variantiga imkon bormi?

SAVOL: Men Rossiyaga ko’chib kelganimdan buyon saytingizni muntazam kuzatib boryapman. Hammaga ma’lumki, yaqinda Taylandda davlat to’ntarishi sodir bo’ldi. TV dan shu voqealarni kuzatib borib, bir hayol miyamga keldi. O’zimning siyosat borasida ancha no’noqligimni hisobga olib, shu masala yuzasidan sizning fikringizni bilmoqchi edim. O’zbekistonda ham huddi shunday yo’l bilan hukumatni ag’darishning imkoniyatlari qanday va buning oqibatlari nima bilan yakunlanishi mumkin?

To’g’ri, bizda IIV bilan MXX bir-biriga qarama-qarshi bo’lgani uchun bir-birlarining sirini tagiga darrov  yetishadi. Lekin shunday bo’lsa ham, o’ylaymanki, bunday ishni amalga oshirishning imkoniyatlari mavjud. Bunda qon ham to’kilish havfi bor, lekin shunday desak, hozirda qon to’kilmayaptimi?

Bu ishni albatta, iloji boricha tinch yul bilan amalga oshirish lozim, lekin bu voqealar Ukraina, Gruziya, Qirg’izistondagi rangli revolyuziyalardan farqli o’laroq bulishi kerak. Ya’ni qushnilarimiz yo’l qo’ygan xatolarni chetlab o’tgan xolda, bir lider orqali puxta uylangan reja bo’lmog’i lozim deb o’ylayman.

Bunda chetdagi muxolifatning ham qatnashuvi albatta shart. Chunki O’zbekistonning ichida bunday to’ntarish qilish oson kechmasligi aniq. Yani xozirda birlashayotgan muxolifat kuchlari va maslahatlari hamda horijda yashayotgan o’zbek oligarhlarining ham moddiy qo’llab-quvvatlashlarini  ta’minlash shart deb o’ylayman. 

Lo’nda qilib aytganda, sizlar mamlakat ichidan nomzod qilib ko’rsatmoqchi bo’lgan kishini shu ishga lider qilib, xalqni shu inson ortidan ergashtirishga muvaffaq bo’lish kerak deb o’ylayman. Aks holda kelasi yilgi saylovlarda hozirda O’zbekistonda boshlangan “Bizga boshqa Prezident kerak emas” tadbiri o’z kuchini ko’rsatishi xaqiqatga yaqinroq bo’ladi deb o’ylayman.

O’z fikringizni bildirarsiz degan umidda Dinara, Rossiya.

JAVOB:(J.Mamatov, DO’K raisi): Savolingizning asosiy qismiga o’zingiz javob bergansiz. Faqat shuni qo’shimcha qilish mumkinki, Tayland va O’zbekiston orasidagi farq yer bilan osmon qadar. Taylandda hokimiyat asosan ikki qo’lda. Qirol va saylov yo’li bilan keladigan Bosh vazirda. Bu Britaniyadagi boshqaruv tizimiga o’xshab ketadi. Ammo Britaniyada qirolicha hukumat ishlariga uncha aralashmaydi. Taylandda esa bu yettinchi marta amalga oshirilgan to’ntaruv. Bu boshqaruvning bir nuqtasi boshqaruvning ikkinchi nuqtasini hokimiyatdan chetlatuvidir.

Bunday hollar Pokistonda, Turkiyada ham bo’lib turadi. O’zbekistonda bunday zamin yo’q. Butun boshqaruv bir kishining qo’l ostida. Ozgina norozilik u yoqda tursin kuchishlatar tizimlarining rahbarlari bir-birlari bilan pichirlab gaplashib qolsalar, shuning o’zi ularning ildiziga bolta bo’lib uriladi.