Diktator degan balodan qutulishingizni tilaymiz!

Musulmon dunyosida oylarning saltanati, deb bilingan Ramazon boshlandi. Keyingi 15 yilda bo’lib kelayotgani kabi, O’zbekistonda bu yil ham Ramazon bir tomonda-qama-qamalar, qatag’on, ikkinchi tomonda-shohga hamdu sanolar, maqtovlar aytish bilan boshlandi.

Shohga qulluq qilganlarning boshida esa, “Faqat Tangriga qul bo’lish kerak”, deb o’rgatuvchi, aslida esa, o’zlari shohning oyog’ini yalayotgan muftiylar, shayxlar, mullalar saf tortishgan. Ularga nima, dasturxonlari to’kin, birov mushuklarini “pisht” demaydi. Ular iftorlarning to’rida, qo’llari moyga botgan.

Xuddi 15 yildan beri hammani mustaqillik bilan qutlaydigan Prezident kabi, ular ham  hammani Ramazon bilan qutlab, bu kunlarga yetganlariga shukur qilishga chaqirmoqdalar.

Biz ham ularga jo’rovoz bo’lib, yo’q joyga sizni qutlamoqchi emasmiz. Ramazon o’ziga xos sinov. Sinovdan oldin qutlashdan ko’ra, sinovdan keyin qutlash mantiqliroqdir. Hozir esa, Ramazonda qiladigan duolaringiz koshki inobatga olinib, zulm va zulmat boshingizdan ketishini, azob-uqubatlardan forig’ bo’lishingizni, diktator degan balodan qutulishingizni tilaymiz. Tahririyat.

Jahongir Muhammad: Karimovning kashfiyotlari(15)

15.ПОРА БЕРИБ, ПОРА ОЛУВЧИГА АЙЛАНТИРИШ

Пул билан битмаган иш, кўп пул билан битади.(Қўшиқдан).

1980 йилларнинг охирига келиб, жамият сиёсий жиҳатдан уйғониб қолганди. Ошкоралик кўп иллатларнинг пайини қирқа бошлаганди. Одамлар пора беришни ожизлик белгиси, пора олишни эса ўзлигини сотиш, деб тушуна бошлагандилар.

Қисман эркинлик бўлгани одамларни қимирлатиб қўйган ва даромад борлиги учун ўқитувчидан ҳукумат мулозимига қадар ҳамма бугунги каби умидини порага тикмаганди. Continue reading

Жаноб Спикер!Шодиев Амин тирикми?!

Жаноб Спикер!

Сиз парламент халк манфаатлари йулида улкан хизмат килганлигини, мамнуният билан таъкидладингиз. Парламент халк манфаати йулида нима иш килгани бизларга коронгу, бир Сизнинг халк манфаати йулида килган «буюк хизматларинггиз» бизга аён. Continue reading

O’zbekistonda Tayland variantiga imkon bormi?

SAVOL: Men Rossiyaga ko’chib kelganimdan buyon saytingizni muntazam kuzatib boryapman. Hammaga ma’lumki, yaqinda Taylandda davlat to’ntarishi sodir bo’ldi. TV dan shu voqealarni kuzatib borib, bir hayol miyamga keldi. O’zimning siyosat borasida ancha no’noqligimni hisobga olib, shu masala yuzasidan sizning fikringizni bilmoqchi edim. O’zbekistonda ham huddi shunday yo’l bilan hukumatni ag’darishning imkoniyatlari qanday va buning oqibatlari nima bilan yakunlanishi mumkin? Continue reading

SIYOSIY LATIFA

Maslahatchi Aldarko’sadan so’radi:

-Xo’jayin, mana 7-sessiyagayam 15 yil bulayapti, nima deb o’ylaysiz, shu

o’tgan vaqt orasida deputatlar borasida qanday yutuqlarga erishdik?

-Shuni ham bilmaysanmi kallavaram, 15 yil oldingi deputatlarning asosiy

qismi paxta yetishtirish bilan ovora bo’lgan bo’lsalar, hozirgi

deputatlarimiz, asosan paxta qo’yish bilan ovoradirlar,-deb javob qildi Aldarko’sa.