Akramjon, siz bilan birgamiz!

Biz Demokratik O’zbekiston Kongressi boshqaruv hay’atining a’zolari va tashkilotning faollari Siz-safdoshimiz Akram Mahmedovga qadrdon ukangiz Zohidjon Mahmedovdan ajralib qolganingiz munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etamiz.

Bunday og’ir kunlarda Sizga, oilangizga, Zohidjonning oilasi va yaqinlariga bardosh, sabr toqat tilaymiz.

O’z vatanidan olisda bo’lgan bir paytda yaqin odamini yo’qotish juda ham o’g’ir yukdir. Shunday og’ir damlarda sizning qavatingizda tura olmasakda, Akramjon, biz ruhan va ma’nan siz bilan birgamiz.

Marhumni Xudoyim rahmatiga qovushtirgan bo’lsin!

DO’K boshqaruv hay’ati a’zolari va faollari.

%d bloggers like this: