Saytimiz o’quvchilariga

SAVOL: Nega Bahrom Hamroevning bayonotini bermadingizlar?(Anonim).

JAVOB: Biz Bahrom Hamroyevdan hech qanday bayonot olganimiz yo’q. Olsak, nashr etamiz. Lekin biz olgan paytda bu narsa boshqa saytlarda chiqib ketgan bo’lsa, u holda ko’chirmachi vaziyatiga tushmaslik uchun o’ylab koramiz. Bizning maqsadimiz boshqa saytlardan ko’chirib bosish emas. Agar bir muallif “Mening mana shu asarim boshqa joyda chiqqan, sizlarda ham chiqishini istayman” desa, albatta, bu holda unga o’rin beramiz.

Biz muallifi noaniq materiallarni bosmaganimiz kabi bundan keyin anonim savollarga ham javob bermasligimizni ma’lum qilmoqchimiz. Hatto savol berishda ham ismini qo’yishdan qo’rqqan odam qanday qilib demokratiya uchun kurashadi! (Tahririyat).

%d bloggers like this: