Saytimiz o’quvchilarga!

SO’Z ERKINLIGI VA MAS’ULIYAT

-Demokratik O’zbekiston Kongressi AQSHda ro’xatdan o’tgan va o’z nashrlariga ega bo’lishi nazarda tutilgan rasmiy tashkilotdir.

-DO’Kning bu boradagi barcha faoliyati – AQSH qonunlari doirasida.

-AQSh Konstitutsiyasida so’z erkinligi kafolatlangan va shundan kelib chiqib, barcha nashrlar erkindir.

-Nashrlarda e’lon qilingan ma’lumotlar uchun nashr va noshir emas, balki muallif mas’uliyat tashiydi.

-E’lon qilingan material uchun nashrni yoki noshirni ayblash so’z erkinligiga hujum deb baholanadi.

-Sud talab etgan taqdirda noshirlar muallif haqida ma’lumot berishlarini nazarda tutib, munozaraga, sudlovga, mualliflik huquqlari toptalishiga asos bo’lishi mumkin bo’lgan yoki anonim tarzda e’lon qilinishi so’ralgan materiallarni chop etishdan oldin muallifning aniq kimligini bilishlari lozim.

Bu tahririyatning huquqi va siri hisoblanadi. Bundan bosh tortgan muallifning materiali e’lon qilinmasa bu so’z erkinligini bog’ish hisoblanmaydi.

-Muallifning kimligiga oid ma’lumotlarni e’lon qilish zarurati paydo bo’lsa, bunda nashrlar muallifning roziligini oladilar.

(DO’Kning Ish yuritish qoidalaridan). 

%d bloggers like this: