Rizo OBID: Yangi she’rlar

rizo_obid_vaslavske.jpgMENI SHOIR ATAMANG!
Men shoirlik da’vo qilmasman,
Shoirliging boshingdan qolsin.
Agar shoir Sendayin bo’lsa’
So’z bechora qaylarga qochsin?
 
Sen shoirsan “ulkan” va “buyuk”,
Ammo so’zi o’ziga suyuk.
Men havaskor edim, endi bas,
Shoir bo’lsa Sendayin suyuq.
 
Jar solaman, butun olamga,
Meni do’stlar shoir atamang!
Ig’vo, fitna shoirlik bo’lsa,
Meni aslo shoir sanamang!

SALOM-ALIK

Osmonlardan olib yozmayman,

O’zi agar turtki bermasa.

Qabih niyat igvogar ahli,

Gulzorlarni payhon qilmasa.

So’zlar aytgum,chizgum durlarni,

Chin insonlar ,pokyuraklarni,

Ozodlikka intilayotgan,

So’zlari sof,go’zal hurlarni.

Quloq osing, ahli haqiqat,

Haq so’zidir aytilgan kalom.

Olar har kim alikni albat,

Qanday bergan bo’lsa u salom.

DIKTATORNING BOLALARI

Ikkov qildik munozara,

U dedi:”men demokrat.

Erkin so’zlar aytadurman,

Biz tomonga bir qarang”.

Tuhmat-bo’hton chizibdi u,

Sassiq so’zlar aytibdi,

Hasadgo’ylik bog’laridan,

Alaf olib qaytibdi.

Javob aytdim “demokrat,,

Buncha yolg’on so’zlaring.

Qanday qilib aytolasan,

Ko’rmay turib ko’zlaring.

Mish-mishlarni to’qimagin,

La’nat-tamg’a olasan.

Har joylarga burning tiqma,

So’ng burunsiz qolasan.

Qumga singgan suv misoli,

Ketdi aytgan so’zlarim.

Ammo hafta o’tib javob,

Ko’rsatdi o’z ko’zlarin.

Biroq javob bechoraning,

Qismati og’ir bo’ldi.

“Demokratman”, deganlarning,

Qo’lida u hur o’ldi.

Javobnoma “demokratni””,

Ikki kun ushlab turdi.

Nazarimda erkin so’zlar,

Uni ko’p bo’gib qo’ydi.

Ikki kunlik “demokrat”,

Demokratmas, yemokrat.

Ikki pullik demokrat.

Karimovning bolalari,

Qanday bo’lsin demokrat?!

%d bloggers like this: