Rizo OBID: Diqqat, Karimov firibgar!

ANDIJONLIK MUHOJIR VATANDOSHLARGA  M U R O J A A T 

Aziz Vatandoshlar! Avvallari ham ko’p chizgilarimda aytganimday  faqat ko’rganlarim, aniqrog’i, boshimdan o’tganlar hususida aytmoqchiman.

O’zbekistonning hozirgi o’zini Prezident , deb hisoblayotgan Islom Karimov aslida uchiga chiqqan firibgar. Buning isboti uchun quyida aniq dalillar keltiraman.  

Kamina 1995-2000 yillari   Karimov  qamoqhonalarida azob chekkanlardan. U joydagi azoblarni birma-bir sanab berishga toqatim yetmaydi. Chunki eslashning o’zi dahshatdan dahshatliroq. 

Yodingizda bo’lsa Karimov 1999 yilgi portlashlarni uyushtirgach, o’ziga yoqmaganlarni u odamlarning ishtirokisiz sud qilib, hukm chiqartirgan edi.

Keyinroq esa yuqori minbarlardan turib Karimov bunday degandi:”…fevral voqealari bilanmi yo boshqa sababmi bilib-bilmay jinoyat sodir qilganlarni kechirib, avf etishimiz kerak. Men shahsan ularni kechiraman. Chunki ular yahshimi -yomonmi o’zimizning millat , o’zimizning bolalarimiz”.

Bu Karimovning so’zlari. Men jazo o’tagan Navoiy, Zangiota ,MHH yerto’lasi, tergov hibshonalarida Karimov televizordan turib shu gaplarni aytayotgan paytda “Toshkent portlash”i  voqealariga dahldorlikda ayblanganlar o’tirib, zangori ekranga qarab “yo tavba, ilonnning yog’ini yalagan ekan-ku bu yaramas” deyiwgandi. Mana biz o’tiribmiz-ku qamoqda , deyishib hayratlanishardi.

Men ularga bu Karimovning chetda yurgan muholiflarga qopqoni, derdim.Yana O’zbekiston televidiniesida Erondan qaytib kelgan horazmlik yigitni “…prezidentimizga rahmat,mana bizni avf etdilar, farzandlarim bilan tinch-osoyishta yashayapmiz,”deya so’zlatishdi. Hudo biladi anig’ini oradan 2-3 oy o’tib o’sha televizorda Prezidentga tashshakkurlar bildirgan yigit va yozuvchi Mamadali Mahmudov, yana 20 kishichaga yaqin odamlar Navoiy shahridagi UYA 64/46 sonli qattiq tartib o’rnatilgan men ham ohirgi payt o’sha joyda jazoni o’tayotgan shundoqqina kimyo zavodi yonidagi qamoqhona, zona, lager deyilsada rasman jazoni ijro etish muassasiga, JIEMga olib kelishdi. Mana sizga aldov.

Ho’p bu gal Karimov aldamayotgandir, deguvchilar ham topilishi mumkin.Lekin o’ylab ko’ring, avf etgan odam avval o’sha O’zbekistonning o’zidagi qamoqhonlardagi ukangiz, akangiz, o’g’lingiz yohud qizingizni avf etsin, keyin ishonsangiz mayli. Ahir ularni nega avf etmayapti?

Chunki Karimov chetdagilarni O’zbekistonga qaytarib olsa, birinchidan, Sizga qochoq maqomi bergan tashkilotlar oldida tili uzun bo’ladi va “mana ko’rdingizmi , Andijon voqealarida aybsiz ekanimni ” deya jar solib, yana bir bor o’zini oq ko’rsatishga urinadi. Hozir 100-200 kishi qaytguncha u hech kimga tegmaydi, bu aniq, chunki u hammaning qaytib borib qopqonga tushishini kutadi. So’ng ozi biladi, ne hunarlarni kashf qiladi.

Bu Murojjatni O’zbekistonga qaytishingizga qarshiman yoki Karimov azoblari haqida gapirib cho’chityapti deb hisoblamang. Men boshimdan o’tganlar asosida sizni ogohlantirishni bilgan kishi sifatida aytmasam, vijdonim qiynaladi. Shu bois aytdim. Qanday holda, qanday qarorga kelish har kimning o’z ishi albatta. Lekin menga o’hshab Karimov qopqoni tomon intilayotganlardan taajublanayotgan va hat yozib, telefon qilib “…ular nimaga asoslanib firibgar Karimov aldovlariga ishinishyapti,deb so’rashmoqda. Bu savolga javob sizlarda bo’lsa ajab emas. Men esa bu holni sharhlay olmayman.

Faqatgina bir so’z aytishim mumkin:DIQQAT!KARIMOV FIRIBGAR! OGOH VA HUSHER BO’LING!

%d bloggers like this: