Rizo OBID:Yangi she’r


“BESH”NING SIRI

Imtihonda Quyonvoy,
“A’lo” baho olibdi.
“Yo’g’-ey”,ishonmay bo’ri,
Boshin qashib qolibdi.

O’rmonda bo’lib shov-shuv,
Boshlanibdi tortishuv.
G’ilay o’zi ilmsiz,
Unda yo’qdir hech uquv.

Tulki zo’rga “uch”oldi,
Quyon qaydan kuch oldi?
Hatto bulbul sinovda,
“To’rt” bahoga ucholdi.

“Eh-he”,kularmish qarga,
Quyonvoyda ish katta.
Pora berib ayiqqa,
Besh oldida, albatta.

%d bloggers like this: