KARIMOV G’ARBNING QUCHOGINI QUMSAMOQDAMI?

ia6.JPGKimning qaerda yashashi va nima bilan mashg’ul bo’lishi o’ziga havola. Lekin diktator Karimov va uning 12 nafar yuqori lavozimli shahslariga Yevropaga kirishni ta’qiqlovchi sanksiya qo’llangan edi.Oradan bir yildan ko’proq vaqt o’tdi. Andijon fojealariga oid xalqaro mustaqil tekshiruv o’tkazishga tish-tirnog’i bilan qarshi turgan Karimov  ukumati bunga erishib kelmoqda ham.

Lekin Karimov Hitoy va Rusiya quchog’iga harchand urinmasin singib keta olmayapti.Nega?

Nazarimda vaqt o’tishi bilan Go’yo hammaning yodidan Andijon hunrezliklari  o’tarilganday. Amerika va Yevropa mamlakatlaridan boshpana olgan voqea jabrdiydalarining o’zbekona onalik-otalik hissiyotlari bilan Vatanga qaytayotganini go’yo Karimov haq edi, deb ahmoqona talqin qila boshlagan o’zbek rejimi quliga aylangan OAV lari va Karimov hukumati yuqori lavozimlarda o’tirgan mansabparastlari “yalla” ayta boshlashdi.

Karimov Yevropaning sodda, ishonuvchan siyosatchilari-yu hukumat rahbarlarini yana laqillatishga urinishini boshlab qolmadimi? Men yaqinda O’zbekistonda bo’lib qaytgan EI mansabdorlari bilan TIV Vladimir Norovning Belgiyaga rasmiy tashrifga chog’lanayotganligini nazarda tutyapman.  Karimovning fohishona siyosati davom etishiga ko’mak berayotganlar ancha-muncha topilib qolyapti.

Gimir-gimir etib garb quchogiga talpinayotgan Karimovning harakati

kishini tashvishlantiradi.Agar EI va AQSH yana uni bag’riga bossa bu gal yana nimalar bo’lishi, o’zbek halqini qanday ko’rgiliklar kutayotganini tasavvur o’tib dahshatga tushadi.

Lekin mening fikrimcha Karimov hukumati liqqillab qolgan, chirindiga aylanib osilib turgan, qurt tushgan tishga ohshaydi.Bu liqqillagan tishning foydadan ko’ra zarari ko’pligini va uni sug’urib otadiganlar ko’p bo’lishi kerak.

Rizo OBID, Hollandiya. 

%d bloggers like this: