Bir hafta qoldi

Shu yilning 26 Avgust kuni New York shahrida xorijda yashayotgan o’zbek demokratlarining yig’ilishi
bo’ladi.

Ular 2007 yil sayloviga qadar birlashib, yagona demokratik platformada turib, faoliyat
ko’rsatish niyatida Umummuxolifat qurultoyini chaqirish vaqti, joyi, kun tartibi kabi masalalarni
muhokama etadilar.

Demokratik yo’lni tanlagan barcha partiyalar, harakatlar, guruhlardan vakillar taklif etiladi.
Ma’lumot uchun jmamatov@uzbekcongress.org adresiga murojaat qilishingiz mumkin.

Jahongir Muhammad: Bugunning siyosiy latifasi

QAMOQXONA

-Jasliqdagi yangi qamoqxonamizning qurilishi qanday ketmoqda?,-deb so’radi Aldarko’sa maslahatchidan.
-Qamoqxonamizni aytganingizdek qilib, G’arb dunyosi tajribalaridan kelib chiqib, juda katta qulayliklar bilan qurmoqdamiz,-dedi maslahatchi.
-Uxlaydigan joy yaxshi bo’lsin, belga botadigan bo’lmasin, Internet ham qo’ylaring…
-Xo’p, xo’p…darvoqe, qanaqa kondinsioner o’rnataylik, chunki sizga uncha-buncha havo sovutgich yoqmasligini bilaman…