Zokir Ali (5)

Muhammad Solih va terrorizm

5. Federal Qidiruv Burosining shubhasi

Yaqinda meni taajjubga solgan boshga holat yuz berdi. AQSh Federal tekshiruv organi vakillari, Muhammad Solihni va ERKning u rahbarlik qilayotgan guruhi  bilan qiziqib, mening fikr va qarashlarimni bilish istagida ekanliklarini bildirdilar.  Ulardan mendan bu guruhga aloqam bo’lib-bo’lmaganini surishtirdilar.Shuningdek, bu guruh haqida bilishni istadilar. Men o’zim bilgan voqea-hodislar haqidagina gapira olishim mumkinligini aytar ekanman, ular ko’proq Erk terrorihaqida bilmoqchi bo’lganliklarini anglamoq qiyin emas edi. Albatta bunday jiddiy tashkilotga nojiddiy qarab bo’lmasdi. Shu sabab, Erk’ning nimalar bilanshugullanayotganini nima faoliyat qilayotganini, kuproq unga o’zini mansub deb bilgan kishilardan o’rganishi maqsadga muvofiq bo’lishini fikrini aytdim.

Bundan ham ko’rinib turibdiki, Ekr terror fraksiyasiga aylangan degan gap hamma joyga yoyilib bo’lgan.  Bu guruhni yaqin yaqingacha, men tanigan, bilgan, yurt ichidaga va tashqarisidagi Erkning ziyoli faollari tark etishga boshlagani ham shundan bo’lsa kerak. Buni ular bergan iste’fo maktublarida kurish mumkin. Shubham yo’qki ular Erk safini tark qilshining jiddiy sabablari bor va mendan ham ko’proq malumotga egadir, Vaqti kelib ularni ham eshithish fursati bo’lib qolar.

Shundan paytda, M. Solihni AQSh qo’llamoqda deb gap qilish insofdan emas. Uning orqasida demokartik dunyo turibdi, xalqimiiz yo’llarga chiqib uni kutmoqdadegan gaplar bilan bugun hech kimni alday olmaysiz. M.Solihni faqat falonchilargina yomonlamoqda deb kitob chiqargan bilan ham bir narsaga erisha olmaysiz. Aksi bo’ladi. Necha yillardir indamay yurgan men kabilar ham bundy paytda o’z fikrlarini aytishga boshalaydilar. Boshqacha aytganda ot teskari tepadi.

Samad Murodning vatanda Erk boshqaruvini o’z qo’liga olganligi,  jar yoqasiga olib kelingan Partiyaning taqdirini burilish yasashga imkon bersa ajabmas. Ziyolikishilar, Terror guruhiga aylantirilgan bu fraksiyaga qarshi o’z ovozlarini yana ham ku’chliroq va dadilroq aytaolsalar, bu halqimizning sizdan va sizning halqimizhizmati uchun ko’nglingizga tuyib qo’ygan ezgu maqsadlaringizni yo’qolmaganini aks sadosi bulur edi

Zoravonlikka, qon to’kilishiga chaqirgan harakatlar va tashkilotlar bu yo’lning to’g’ri emasligini yana bir bor o’ylab kurishlari kerak, hali siz uchun kech emas.

Yaqindagina Ismat Xushev radioda jang qilish kerak, deb zo’ravonlikka chaqiruvchi  bir fikrni aytganlar. U kishi ham M.Solihning yordamchisi. Bu gapni M. Solihaytdi nimayu yoki uning yordamchisi, tarjimoni Ismat Xushev aytdi nima. Baribir tashkilotning ko’nglida yotgan gap deb qaraladi. Umuman Ismat Xushev bilanMuhammad Solihning birlashuvi juda mos tushgan, o’xshmasa uchramasdir.

Ikkalasi ham o’ta ekstrim. Bittasi Karimovni juda maqtab-maqtab yuboradi, Keyin Solihni shunday maqtay-maqtay boshlaydi. Ikkinchisi bir kunda uch xil bayonotberadi. Birlashaylik deb bugun imzo qo’yib 12 soatdan keyin qaytib oladi. Kecha radioda gapirib, nomzod masalasini besh olti oyda partiya ko’rib chiqadi desabitta anqovning gapi bilan bugun shartta nomzod bo’lib yuboradi.Yoki birlashaylik deb Vashingtonda bugun so’z berib 12 soat ichida New Yorkda hech kimbilmagan uchta odamni otini e’lon qilib, hatto majlis ham qilmasdan o’zini butun muxolifatning rahbari deb e’lon qiladi. Bu qip qizil masxarabozlik emasmi?

So’zlashdan oldin yetti o’lchab bir kesmoq, kerak emasmi? Bu ahvolda siz tashqarida turib, yurtdagi  insonlarning hayotiga zomin bo’lmaysizmi? Shuncha qilinganhatolar kamlik qiladimi?

Afsus!!!..

%d bloggers like this: