Zokir Ali (5)

Muhammad Solih va terrorizm

5. Federal Qidiruv Burosining shubhasi

Yaqinda meni taajjubga solgan boshga holat yuz berdi. AQSh Federal tekshiruv organi vakillari, Muhammad Solihni va ERKning u rahbarlik qilayotgan guruhi  bilan qiziqib, mening fikr va qarashlarimni bilish istagida ekanliklarini bildirdilar.  Ulardan mendan bu guruhga aloqam bo’lib-bo’lmaganini surishtirdilar.Shuningdek, bu guruh haqida bilishni istadilar. Men o’zim bilgan voqea-hodislar haqidagina gapira olishim mumkinligini aytar ekanman, ular ko’proq Erk terrorihaqida bilmoqchi bo’lganliklarini anglamoq qiyin emas edi. Albatta bunday jiddiy tashkilotga nojiddiy qarab bo’lmasdi. Shu sabab, Erk’ning nimalar bilanshugullanayotganini nima faoliyat qilayotganini, kuproq unga o’zini mansub deb bilgan kishilardan o’rganishi maqsadga muvofiq bo’lishini fikrini aytdim.

Bundan ham ko’rinib turibdiki, Ekr terror fraksiyasiga aylangan degan gap hamma joyga yoyilib bo’lgan.  Bu guruhni yaqin yaqingacha, men tanigan, bilgan, yurt ichidaga va tashqarisidagi Erkning ziyoli faollari tark etishga boshlagani ham shundan bo’lsa kerak. Buni ular bergan iste’fo maktublarida kurish mumkin. Shubham yo’qki ular Erk safini tark qilshining jiddiy sabablari bor va mendan ham ko’proq malumotga egadir, Vaqti kelib ularni ham eshithish fursati bo’lib qolar. Continue reading