Zokir Ali (4)

Muhammas Solih va terrorizm

4. O’xshamasa uchramas

Xullas, M.Solih bir tomondan terror guruhlari tayorlar ekan, ikkinchi tomondan bu foaliyatlarini radio va ba’zi matbuot orqali e’lon qilishdan ham tortinmaydi. Yana boshqa bir fakt. “Ozodlik” radiyosi tomonidan eshitrilgan bu videotasmada M.Solih yashirin tashkilot qurganliklarini va bu yashirin guruhdan O’zbekiston rasmiy organlarining behabar ekanini, yashirin gurush a’zolarini Turkiyadagi O’zbekistonlik talabalardan tanlaganini, yetishtirayotganini aytadi.

Bularni tastiqlovchi boshga bir misol. Turkiyali tatqiqotchi va yozuvchi Husayin Otiguzal qalamiga mansub “Turk Dunyosida demokartiya harakatlari” kitobidan yana bir sitata keltirmoqchman. 

U shunday yozadi: “Biz Erkchilardan qanday aql bilan bu ishga qul urdingingiz, – deb so’raganimizda, u,” Turkiyada tayyorlangan kishilarni qo’li bilan O’zbekistonda ikkita-uchta hujum uyushiriaolaganimzda, quzg’olgan halq, Karimov rejimini tuntarib tashlardi “, deb javob beradi. (Tarjima, Z.A)

Keyingi jarayonlar malum, Hukumat bunga reaksiya kursatadi va talabalarnig bir nechtasining tashqarisida hammasini  majburiy ravishda qaytarib oladi. Turkiyadan ketmay qolgan va tazyiqlarga uchragan  o’sha bir nechta talbadan biri menman.

Turkiya davlatida o’qish har kishining o’z demokratik tanlovi va haqqi ekanini aytib, oqishni davom ettirmoqchi bo’lgan bu talabalarning keyingi  taqdiri haqida keyinroq va batafsilroq to’htalmoqchiman.

Erk partiyasining liderini bugun Terrorga yondosh lider deb atamaq munosib atama bolsa kerak.

H.Otiguzal’ning uzoq  tadqiqotlari natijasida yozgan o’z asarida, M.Solih haqida shunday hulosaga boradi.

“Bugun ko’pchilik, M.Solihni(Salay Madaminov) shoir, demokrat, vatanparvar hususiyatlari, hislatlari bilan tanidi, bugun bu hislatlarning yoniga yana boshqasi ham qushildi. U Terrorist(S.148).

Maqolam sabab, ba’zilarining menga nisbatan reaksiya ko’rsatishini nazardan chetda qoldirdiayotganim yoq.Yuqorida, tatqiqotchi yozuvchi H.Otiguzalning kitobidan sitatalar keltirib o’tdim. Tadqiqotchi o’z  kitobida M.Solihning saxsi chuqurroq urganilishi kerak degan nuqtaga  qattiq urg’u berganini bir oz burrtirilgan deb o’ylagandim, bugun esa bu gaplarning uning shaxsiga qo’yilgan eng to’g’ri tashxis ekanligia shubham yoq.

Demokratiya tamoyullarini oyoq osti qilib, hamda demokratik davlatda, demokratiyaning ne’matlaridan bahramand bo’lib yashashi, unga kecha qilgan qora qilmishlarini yuvib yuborish salohiyatin bermaydi.

(Davomi bor).

%d bloggers like this: