Zokir Ali (3)

Muhammad Solih va terrorizm

3. Terror urinishlari

Demak, qurol bilan  kurashamiz so’zi shunchaki aytilgan gap bo’lmasdan, uni amalga oshirish uchun  rejalar  qilina boshlangan. Quyida bir ikkita faktga muroojat qilmoqchiman.

Moskvada chiqadigan  “Trud” shu habarni yozgandi.

“Erk Partiyasining lideri M.Solih bir necha kishi va tashkilotlar bilan ittifoq qilib O’zbekistondan Turkiyaga olib keltirgan yoshlarni Turkiyadagi Harbiy lagerlarga yuborib, terror mashg’ulotlari o’tkazishlarini ta’minlagan. Keyinroq bu yoshlar, qurollari bilan Gruziyadan Boku’ga, Bokudan esa Chechenistonga yuborilgan. 

Chechenistonga urushning ichida chiniqqan bu kishilar yashirin yollardan, qurollangan holda O’zbekistonga utkazilib, Ozbekistonda Terror uyushtirishlari rejalashirilgan.Bu terroristlarning lideri Muhammad Solihdir.

Terror hujumlarini amalga oshirish uchun, tayyorlangan bu yoshlarning uch nafari O’zbekiston chegarasiga krishi bilan qulgan olinadilar. Va terroistik tayyorgarlikdan utkazilganliklarni darhol e’tirof qiladilar.

Shu yerda shuni aytish kerakki, o’zbek bolalarini Turkiyadan Chechenidtonga yuborilganini o’sha paytda Turkiyada juda ko’p odam eshitgan.

Bu ishni boshida M. Solih turgan. Hatto o’sha paytda Muhammad Solihni yonida bo’lganlardan ba’zilari hali ham chetda. Ular bolalarni Chechenistonga dam olishga jonatganmidilar?

Qoradengiz bo’yidan olib tog’larning o’rtasiga! Bu savolga Muhammad Solihni uzidan javob kutaman. Lekin u Baxtiyor Hamroevning savollariga javob bermagandek bunga ham javob berolmaydi. Yoki atrofidagi bittasiga sen bir narsa yozgin deysihi mumkin.

Bu ham uning demokrat emasligidan misoldir. Demokrat odam ochiq muloqot qilishdan qochmaydi va qurqmaydi. Ochiq muloqot demokraiyaning eng katta belgisi deb bilaman.

(Davomi bor).

%d bloggers like this: