DO’K bayonotlari

Demokratik O’zbekiston Kongressining BMT boshqarmalariga Murojaati

United Nations High Commissioner for Refugees
Case Postale 2500
CH-1211 Genève 2 Dépôt
Suisse.

High Commissioner for Human Rights (OHCHR)

1211 Geneva 10, Switzerland

Muhtaram Janoblar!

O’z saflarida Oz’bekistonning 500 ga yaqin faol demokratlarini birlashtirgan va mamlakatda minglab qo’llab quvvatlovchilariga ega bo’lgan, shuningdek a’zolarining anchaginasi AQSH va Avropada ham yashayotgan Demokrtik O’zbekiston kongressi sizni O’zbekistonda Andijon voqealaridan keyin mamlakatdan chiqib ketganlar taqdiriga alohida ahamiyat berishga chaqiradi.

O’zbekistondan chiqib, ayniqsa, MDH o’lkalarida qolishga majbur bo’lgan O’zbek qochqinlarining hayoti tahlika ostida qolmoqda va bu holat ularning ishlarini imkon qadar tezroq ko’rib chiqishni tezlashtirish kerakligini o’rtaga qo’ymoqda. Chunki MDH doirasidagi mamlakatlarda O’zbek qochqinlarini turli bahonalar bilan ushlab Toshkent hokimiyatiga topshirib yuborish hollari tobora ko’paymoqda. Qo’shni mamlakatlardan esa ularni bevosita ushlab ketish hollari yuz bermoqda.

Biz ayniqsa, Qirg’iziston, Qozog’iston, Ukraian, Rossiya, Eronda qolayotgan O’zbek qochqinlari taqdiridan bezovtamiz.

Qochqinlar komissarligi o’z ishini ko’rishni paysalga solgani oqibatida BBC radiosining muxbiri Matluba Azamatova  O’zbekistonga qaytishga majbur bo’lgan va hozir tergovga tortilgan. Ayni payta xorijiy matbuotga ishlagan jurnalistlar Yusuf Rasulov, To’lqin Qarayev, Qudrat Bobojonov va boshqalar bir necha oydan beri Qirg’izistonda tahlika ostida yashamoqdalar. Ayni vaziyat Qozog’iston, Rossiyada ham mavjud. Shu bois biz sizdan O’zbekistonlik qochqinlar ishini ko’rib chiqib, hal etishni tezlashtirishni so’raymiz.

Ayni paytda sizdan dunyodagi rivojlangan mamlakatlar mutasaddilariga murojaat etib, diktaturadan qochib yoki ishsizlik, qashshoqlik bois ish izlab bu joylarga borib qolgan va hujjatlarini rasmiylashtira olmayotgan O’zbek qochqinlarini darhol qiynoqlar o’lkasi bo’lgan O’zbekistonga jo’natmasdan ularga yordan berishga chaqirishingizni so’raymiz. Ana shunday bir murojaat demokratik o’lkalarda O’zbek qochqinlari ishini ko’rayotgan sudlarga qarata ham qabul etilsa ayni muddao bo’lar edi.

O’zbekiston Demokratik Kongressi sizga xayrli ishlaringizda muvaffaqiyat tilash bilan birga yuqoridagi masalalarda siz bilan hamkorlik qilishga hozirdir.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: