DO’K Bayonotlari

DO’K Siyosiy Tashkilot sifatida to’liq shakllandi

Vashington-25-9-05

O’zbek muxolifati liderlarini bir oraga keltrish borasidagi missiyasini amalga oshirib, o’z oldiga yangi maqsadlar qo’ygan Demokratik O’zbekiston Kongressi 2005 yilning 25 Sentyabr, Yakshaba kuni Vashington yaqinidagi Aleksandriya shahrida navbatdagi yig’ilishini o’tkazdi.

Demokratik tamoyillar asosida o’tgan yig’ilishda AQSHning turli shtatlarida yashayotgan faollarining vakillari sifatida Vashignton shahri, Virgina, Maryland, Missouri, Ohio, New York shtatlaridan tashrif buyurganlar bevosita ishtirok etgan bo’lsalar, uzoqdagi hamda O’zbekistondagi bir qancha faollar bilvosia, ya’ni elektron xabarlashma asosida qatnashdilar. Unda DO’Kning Nizomi va Dasturi muhokama etildi. DO’K bir oy oldin e’lon qilgan va muhokamaga qo’ygan loyiha qo’shimchalar hamda tuzatishlar bilan asos sifatida qabul qilindi.

DO’Kning O’zbekistonni demokratik yo’lga olib chiqish uchun muxolifatning yagona dasturini hozirlash va barchaning diqqatiga havola etish uchun boshlagan harakati ma’lumot uchun qabul etildi.

Yig’ilishda DO’K demokratiyaga tarafdor va diktaturaga qarshi turadigan siyosiy tashkilot deb e’lon qilindi va AQShda rasmiy ro’yxatdan o’tib, o’z nashrlarini e’lon qilishiga qaror berildi. DO’K ning iqtisodiy-moliyaviy faoliyati ham muhokama qilinib, DO’K Fondi tashkil etildi.

Yig’ilishda DO’K ning rahbar organlari saylandi. Jahongir Mamatov DO’K raisi, Abdu Mannob Po’lat DO’K raisining birinchi o’rinbosari (Ijrochi direktor), Bahodir Choriyev rais o’rinbosari va Shuhrat Ahmadjonov DO’Kning Toshkentdagi muvofiqlashtiruvchi kengashi rahbari (koordinatori) etib saylandilar. DO’K ning 11 kishilik Boshqaruv Hay’atiga Muhammad Bobir Malikov, Alisher Hamidov, Zokir Ali, Bobur Isaev va boshqa faollar saylandilar.

DO’K yig’ilishida Umummuxolifat qurultoyiga tayyorgarlikning borishi ham muhokama mavzui bo’ldi.

DO’K rahbariyatiga xorijga chiqib ketgan O’zbek jurnalistlari hamda boshqa qochqinlarga tezroq yordan berish yuzasidan BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarga Murojaat etish, O’zbekiston qamoqlaridagi siyosiy mahbuslarni ozod qilish, xorijiy radiolar faoliyati yuzasidan murojaatlar tayyorlash, O’zbekistonda qishloq xo’jaligini isloh etishga doir referendumga hozirlanish tadbirlari ustida ishlash vazifasi ham topshirildi.

DO’K Matbuot Xizmati

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: