DO’K bayonotlari

DEPORTATSIYA TAHLIKASI

O’zbekiston Demokratik Kongressi Olimjon Toshniyazov va Xudoyqul Hafizovni O’zbekistonga qaytarmaslikni so’rab AQSH ma’muriy idoralariga, ularning ishini ko’rib chiqayotgan mahkamalarga murojaat etdi. Murojaatda jumladan shunday deyiladi:

Demokrtik O’zbekiston kongressi sizdan (Washington County Jail; Stillwater, MN 55082 da ushlab turilgan) O’zbekistonlik immigrantlar Olimdjon Toshniyazov va Xudoyqul Hafizovni vatanlariga deportatsiya qilmaslikni so’raydi.

BMT tomonidan sistematik qiynoqlar o’lkasi deb tan olingan, Avropa Ittifoqi tarafidan sanksiyalar qo’yilgan va AQSH demokratiya uchun beradigan yordamlarini kesib qo’ygan – diktatura rejimi hukmron bo’lgan O’zbeksitonda ularni juda og’ir kunlar qarshi oladi.

Gap shundaki, ular Intrnet sahifalarda e’lon qilgan ko’plab demokratik ruhdagu maqolalarida diktatura rejimiga qarshi fikrlarini ochiq aytgandilar va demokratiya manfaatlarini qattiq himoya etgandilar. Bu esa dikaturaga rejimi uchun ularga nisbatan ayovsiz qiynoq qo’llashga asos bo’ladi.

Biz ualarning AQSHda qanday qonun qoidalarni buzganliklari haqida bilmaymiz.Biz qonunlarni hurmat qilamiz. Ular qonunlarni buzgan bo’lsalar , tabbiyki AQSHda jazolarini olishlari kerak. Ammo yaqinlaridan olingan ma’lumotlarga ko’ra ularni O’zbekistonga deportatsiya qilish masalasi kun tartibida ekan.

Biz Olimjon Toshniyozov va Xudoyqul Hafizovni ularning Milat Jumayev va Oydin Dinarov nomlari bilan yozgan ko’plab maqolalari orqali bilamiz va demokratik fikrlari bilan dikaturaga qarshi chiqqan kishilar deb qaraymiz.

Birgina Prezident Karimovning qizi haqidagi ”Gulnoraning qora sharpasi” tanqidiy maqolasini ular o’zbek tilidan rus tiliga tarjima qilib, e’lon etganlarining o’zi vatanlarida ularni juda og’ir qiynoqlar kutayotganidan darak.

Shu boisdan ularni O’zbekistonga yubormaslikni iltimos qilamiz

O’zbekiston Demokratik Kongressi muxolifatdagi boshqa kuchlarni ham ana shunday murojaat bialn AQSH ma’muriy idorlariga  chiqishga chaqiradi.

Leave a Reply

Fill in your details below or click an icon to log in:

WordPress.com Logo

You are commenting using your WordPress.com account. Log Out /  Change )

Google photo

You are commenting using your Google account. Log Out /  Change )

Twitter picture

You are commenting using your Twitter account. Log Out /  Change )

Facebook photo

You are commenting using your Facebook account. Log Out /  Change )

Connecting to %s

%d bloggers like this: